Yatga
Yatga[1] (yatag[2], yath[3]) — chertib chalinadigan moʻgʻulcha torli cholgʻu asbobi, sitraning harakatlanuvchi tor tagliklariga ega boʻlgan bir turi[4]. Zamonaviy yatganing odatda 13 ta tori boʻladi, ammo uning 21 ta torli namunalari ham bor[4][3].
Ushbu cholgʻu asbobi haqidagi birinchi yozma qaydlar 1389-yilgi xitoycha lugʻatda keltirilgan boʻlib, kitobda asbobning chjenga oʻxshash ekanligi va 13 ta tori borligi; shuningdek, harakatlanuvchi tagliklarga ega boʻlgan sitraga nom berishda moʻgʻulcha „ yatugan“ soʻzi fors tiliga oʻzlashtirilgani aytiladi[4]. Oʻn ikkita torli yatga Sin sulolasi[4] davrida saroy ansambli tarkibiga kirgan. Qalmoqlarning „Jangar“ dostonida 8000 torli yatga chalgan malika haqida soʻz boradi[4].
Mustaqil Moʻgʻulistonda yatga urfdan chiqqan va 30 yil davomida butunlay unutilgan; 1950-yillardagi milliy uygʻonish oʻziga oʻxshash boʻlgan koreys cholgʻu asboblari taʼsiriga tushib qolgan moʻgʻul sitrasiga boʻlgan qiziqishni qaytara oldi[4]. Zamonaviy yatgalar cholgʻu ansambllarida yoki qoʻshiq kuylashga joʻrlikda qoʻllanadi[4].
Yatga namunalari kattaligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi: uning uzunligi 1 m 14 sm va 1 m 53 sm[4] ga teng namunalari mavjud, oʻrtacha uzunligi 1 m 30 sm ga teng[3]. Yatga kedr yoki qaragʻay yogʻochidan oʻyib ishlangan korpus qismiga ega, u oʻrta qismidan yuqoriga qarab teng ikkiga kesilgan quvurga oʻxshash koʻrinishda ishlanadi. Moʻgʻul yatgasining torlari katgutdan tayyorlangan, tuva va qozoq sitralari uchun ot yolidan torlar eshilgan. Ichki Moʻgʻulistonning zamonaviy yatgalarida esa torlar ipak yoki metalldan boʻladi, ularning ikki qator quloqlari bor. Torlar oʻng qoʻlning tirnoqlari yoki tirnoqlar uchun moʻljallangan vosita bilan chertiladi, chap qoʻl esa iplarni bosib, vibrato kabi tovushli bezaklarni hosil qiladi.
Yatgada musiqa chalish vaqtida u tizzalarning biri ustida joylashadi, asbobning bir chekkasi esa yerda turadi[4]. Zamonaviy ijrochilar odatda kursida oʻtirib yoki yatgani tizzasiga qoʻyib, chetini yerda qoldirib va yoki gorizontal taglikka oʻrnatilgan cholgʻu asbobi qarshisida oʻtirib kuy chalishadi[4].
Yatga torlari anʼanaviy ravishda xitoycha chji ohangiga koʻra pentatonikaga sozlangan[4]. 18-19-asrlarda monastirlar yatga uchun oʻzlarining notalar tizimidan foydalanganlar[4].
-
Anʼanaviy oʻyin holati
-
Stendda zamonaviy yatga
-
Bezatilgan asbob qirrasi
Manbalar
Adabiyotlar
- „Монголии музыка“, Музыкальный энциклопедический словарь. М.: Советская энциклопедия, 1990 — 232-bet.
- Carole Pegg „Yatga“, . Grove Music Online. Oxford University Press, 2001.
- Carole Pegg. Mongolian music, dance, & oral narrative: performing diverse identities. Seattle: University of Washington Press, 2001. ISBN 978-0-295-98030-0.
- О музыкальных инструментах ойратов Монголии и Синьцзян-Уйгурского автономного района Китая. — 2012. — С. 187—192.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.