Yakup Bey

Yakup Bey
turkcha: Yakup Bey'
Candaroğulları beki
Saltanat 1345
Oʻtmishdoshi İbrahim Bey I
Davomchisi Emir Adil Bey
Vafoti 1345-yil
Farzandlari Emir Adil Bey
Uy Candaroğulları
Otasi Yaman Candar
Dini Sunni Islom

Yakup Bey (turkcha: Yakup Bey) — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining asoschisi Yaman Candarning kichik oʻgʻli. Yakup Bey ushbu beklikni 1345-1346-yillar orasida boshqargan[1][2][3].

Tarix

Yakup Beyning otasi Yaman Candar 1291-yilda beklikka asos solgan boʻlib, 1309-yil, oʻlimiga qadar bek sifatida davlatni boshqargan. Oʻlimidan soʻng, Yakup Beyning katta akasi Süleyman Bey I beklik taxtiga chiqdi. Akasi 1322-yilda Sinopni egallaganida, oʻgʻli Ibrahim Beyni u yerga hokiim etib tayinladi. 1340-yilda Süleyman Bey I vafot etganidan keyin, jiyani İbrahim Bey I Candaroğulları bekligi taxtiga chiqdi. 1345-yilda jiyani ham vafot etdi va baʼzi tarixchilarning manbasiga koʻra, Yakup Bey beklikning yangi bekiga aylandi. Ammo bek boʻlgan, boʻlmagani haqida juda kuchli dalillar mavjud emas va Yakup Bey beklik davri tarixchilar tomonidan eng koʻp muhokama qilinadigan mavzulardan biri hisoblanadi. Tarixda uning ismini ajdodi Kemâleddin İsmâil Beyning fiqh asarlarida uchratish mumkin. Bundan tashqari, uning ismi oʻgʻli Emir Adil Beyning 1374-yildagi nizomida zikr qilingan.

Ibn Battuta Süleyman Bey I davrida beklikka kelgan boʻlib, oʻzining sayohatnoma asarida Kastamonudagi baʼzi odatlar haqida gapirar ekan, katta, uch qavatli masjid haqida gapirib oʻtgan. Masjidning eng ust qavatida beklik valiahdi va aholi, ikkinchi qavatida sultonning yaqin odamlari va aholining eng obroʻli kishilari, eng pastki qavatda esa Sulton bilan ulamo va „Afandi“ nomi bilan xalq orasida tanilgan ukasi namoz oʻqiganligini aytib oʻtgan. Bu yerda „Afandi“ deb nomlanayotgan bekning ukasi, katta ehtimol bilan Yakup Beydir[4].

Manbalar

  1. Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574
  2. Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806
  3. Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109
  4. Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109.
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
İbrahim Bey I
Candaroğulları beki
1345
Vorisi:
Emir Adil Bey

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.