Xvaran

Xvaran (화랑)[1] — o‘smirlar tarbiyasi bilan shug‘ullangan Birlashgan Silla davridagi (VII—X asrlar) muhim ijtimoiy ta’sirga ega bo‘lgan, o‘ziga xos institut. Xvaranlar — o‘z atrofida o‘nlab (ba’zan ikki yuz, uch yuz) shogirdni to‘plagan murabbiylar bo‘lib, shogirdlarining jismoniy va axloqiy tarbiyalari, jangovar tayyorgarliklari, ta’limi va shu bilan bir qatorda, «davlatni boshqarish asoslari»ni bilishlari uchun; shogirdga nisbatan biror kishi adolatsizlik qilgan taqdirda o‘z fikrida qat’iy tura olishlari va hokazo uchun mas’ul bo‘lganlar. Xvaranlar «xvaranlar kodeksi»da belgilangan axloqiy me’yorlarga rioya etilgan taqdirdagina shogirdlarining sadoqatlariga talabgor bo‘la olganlar. Aks holda, shogird murabbiyini (ustozini) tark etishga haqli bo‘lgan. Xvaranlar orasidan ko‘pgina sarkardalar va davlat arboblari yetishib chiqqan. Xvaranlar shamanlik vazifasini ham bajarishgan; davlat ahamiyatidagi marosimlarni bajarishgan; mahalliy she’riy an’ananing qo‘riqchilari va ijodkorlari bo‘lishgan.
Manbalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.