Xun
Xun (fors. — qon) — qonli oʻch, qarindoshurugʻning hayoti, nomusori, shaʼni va mulkini himoya qilishdagi qad. odatlardan biri. Ibtidoiy jamoa davrida paydo boʻlgan. Baʼzi urugʻlarda fatsat qotilni oʻldirish bilan X. olinsa, ayrim hollarda uning urugʻiga tegishli biror yaqin qarindoshini mahv qilish bilan kifoyalangan. Davlat barpo boʻlgan yangi jamoada bu odatga bir oz chek qoʻyilgan. Qasoskorlar bilan javobgarlar doirasi birmuncha qisqartirilgan, keltirilgan zarar miqsori, qasos olingan obʼyektning jinsi, yoshi, jamiyatda tutgan oʻrni eʼtiborga olingan. Keyinchalik X. olish yetkazilgan zararni moddiy toʻlov bilan qoplash tizimi bilan ham almasha boshlagan.
Etnografik tadqiqotlarga koʻra, XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida hozirgi Oʻzbekiston hududida urugʻchilik qoldigʻi boʻlmish qon uchun tovon — X. olish odati saqlanib kelgan. Qotil „xundor“ deb atalgan. Marhumning qarindoshlari „xun soʻrovchilar“, „oʻch oluvchilar“ hisoblangan. Qotillik sodir boʻlgach, jabrlanuvchi tomon mahalliy hukumat — qozilarga murojaat qilgan. Qozi tomonlarning oʻzaro munosabatlarini shariat asosida aniqlagan. Qasddan oʻddirilgan yaqin qarindosh uchun X. olishga shariat ijozat bergan („qonga qon — jonga jon“). X. faqat haqiqiy qotildan olingan. Shuningdek, shariat qotillik va mayib qilganlik uchun X. oʻrniga keltirilgan zararni qoplash maqsadida uni moddiy mablagʻ bilan almashtirishga imkon bergan. Masalan, oʻldirilgan odamning qoni uchun tovon puli toʻlangan.
Tovon hajmi marhumning mehnat qobiliyati, jamoadagi oʻrniga bogʻliq boʻlgan. Mas, katta yoshli erkakning X.i ayol X.idan va ayol X.i qiznikidan qimmatroq boʻlgan. Mabodo marhumning oilasi boquvchisiz qolsa, qotil butun umri davomida yordam berishi shart boʻlgan. Ayrim xalqlarda katta tovonlar toʻlash uchun qarindoshurugʻlardan mablagʻ toʻplangan. Tovon toʻlab boʻlingach, tomonlar yarashishgan va ular oʻrtasida oʻzaro munosabatlar davom ettirilgan. Jahondagi koʻp mamlakatlarda hozirgi X. olish taqiqlangan.
Adabiyotlar
- Boʻriyev O.vab., Oʻzbek oilasi tarixidan, T., 1995.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.