Xor
Xor (yunoncha: choros — davra oʻyin qoʻshigʻi) — 1) antik davr teatr tomoshalarining jamoaviy ishtirokchisi; birga kuylab, raqsga tushib dramatik holatlarga, qahramonlar harakatiga izoh beradigan aktyorlar guruhi; 2) xonandalar jamoasi. Tarkibiga koʻra, bir turdagi (erkaklar xori, ayollar xori, bolalar xori) va aralash, shuningdek, ijrochilar soniga qarab kamer (12— 20 kishidan iborat), kichik va katta [100—120 gacha; 500— 1000 va undan ortiq ishtirokchi qatnashishi mumkin] boʻlinadi. Yevropada professional unison xorlar xristian cherkovlarda IV asrdan maʼlum (kliros). X—XIII asrlarda xor jamoasining ovoz (partiya)larga boʻlinishi boshlandi. Gomofoniya uslubi va mumtoz garmoniyanutt rivoji davri (XVII asr)dan aralash xor jamoasi 4 ta (soprano, alt, tenor, bas) partiyaga ajratildi. Xor ijrochiligi musiqa cholgʻulari joʻrligida va joʻrsiz (a kapella) boʻladi. Oʻzbekistonda koʻp ovozli xor ijrochiligi XIX asr oxiridan rivojlana boshladi (V. Seksovich, N. Mironov. S. Kuzmenko va boshqa rahbarligidagi jamoalar). Professional xorlar XX asr oʻrtalarida tashkil topgan: Oʻzbek radiosi xori (1947, V. Verov), Navoiy teatri xori (1948), Oʻzbek filarmoniyasining Davlat akademik kapellasi (1952, S. Valenkov va A. Sultonov). Aynan shu davrdan boshlab xor ijrochiligi maxsus musiqa taʼlimi tizimiga kiritildi, professional jamoalar qatorida oʻquv, havaskor, bolalar xorlari keng rivoj topdi. Hozir Oʻzbekistonda bir necha professional xor jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston davlat akademik kapellasi (1978—2001-yillarda badiiy rahbari va bosh dirijyori — A. Hamidov, 2002-yildan D. Jdanov). Repertuaridan chet el kompozitorlari (Kerubini, Motsart, Verdi, Fore, Gendel, Taneyev, Chesnokov, Raxmaninov va boshqalar)ning mumtoz asarlari, shuningdek, qayta ishlangan oʻzbek xalq, qoʻshiqlari, Oʻzbekiston kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. Oʻzteleradiokompaniyasi qoshidagi Respublikada xizmat koʻrsatgan xor jamoasi (tashkilotchisi — B. Umidjonov, 1960 y 16 dekabr; 2003-yildan badiiy rahbari — D. Malikova, dirijyori —B. Lutfullayev, J. Shukurov, C. Radjabova, I.Matyakubov.2013 y dan badiiy rahbar va dirijyor— Sh.Boboxonova Hozir O'zb.R Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Badiiiy jamoalar birlashmasi qoshidagi Respublikada xizmat ko'rsatgan Xor jamoasi). Ijro uslubida Yevropa xor anʼanalari bilan milliy xonandalik. uslublari uygʻunlashgan. Repertuaridan M. Burhonov, B. Umidjonov, S. Boboyev, Ik. Akbarov, M. Nasimov va boshqa qayta ishlagan xalq qoʻshiqlari, M. Bafoyev, F. Alimov, B. Lutfullayev, D. Omonullayeva, N. Gʻiyosov va boshqa oʻzbek kompozitorlarining poema, kantata, oratoriyalari asosiy o‘rin tutadi. Xususiy tashkil etilgan "Ipak yoʻli" kamer xori (2001-2006, D. Jdanov) faoliyat yuritgan. Repertuaridan jahon xalqlari qoʻshiqlari, chet el mumtoz asarlari o'rin olgan[1].
Turlari
Yana qarang
Manbalar
- ↑
„Xor“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (X-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Havolalar
Vikiomborda „Xor“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Musiqa haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.