Xiroj

Xiroj, xaraj (arabcha,) – Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻrta Osiyoda davlat tomonidan undirilgan yer soligʻi. Sosoniylar davlatipa Qavad I va uning oʻgʻli Xusrav I Anushirvon oʻtkazgan soliq islohoti natijasida joriy qilingan yer soligʻi (xarag). X. ilk Xalifalik hududida „jizya“ atamasining sinonimi sifatida qoʻllanilib, musulmon boʻlmagan aholi bilan bir qatorda yer, suvga ega boʻlgan musulmonlardan ham undirilgan. Musulmon qonunshunoslari Xiroj misoha (yer maydoni birligidan undirilgan) va X.muqosama (yerning sifati va sugʻorish usuliga qarab hosilning 1/4, 1/3 yoki 1/2 qismi hajmida undirilgan) ga ajratilgan. X. Usmonli turk imperiyasit XVIII asr Oxirlariga kelib jizya bilan qoʻshilib ketgan. Misrda esa, 1907-yil daromad soligʻi bilan almashtirilgan.

Xiroj Oʻrta Osiyoda VII asrda arablar tomonidan joriy qilingan. X. yigʻish uchun har bir viloyatga sarkor, kishloqqa devonbegi va kotib tayinlangan. Xiva xoni Muhammad Rahim I (1775—1825) X.ni pul bilan undirishni joriy qilgan. Bunda xiroj olingan hosil miqsoridan emas, balki yer egasining xoʻjaligi va yer maydoniga qarab olingan. Qoʻqon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin bu yerda ham X.ni natura oʻrniga pul bilan yigʻish rasm boʻlgan. Xiroj soligi arab xonligi tomonidan kirib kelgan.



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.