Xarappa
Xarappa — Xarappa madaniyati bosh markazlaridan birining xarobasi. Pokistonning Moʻlton viloyatidagi Ravi daryosining eski oʻzani yaqinida joylashgan. XIX-asrning 50-yillarida ingliz olimi A.Kanningxem tomonidan ochilgan. Keyinchalik ingliz va xind arxeologlari J. Marshall, E. Makkey, M.Uiler, D.Saxni, R.Banerjilar tadqiq qilganlar. Qishloq 260 ga dan ziyod maydonni egallab, qalʼa va quyi shahar qismidan iborat boʻlgan. Shahar qismi aniq reja asosida qurilgan, u kvartallarga boʻlingan, ishlab chiqarish, xoʻjalik majmualari (gʻalla ombori, tegirmonlar, quyish ustaxonalari) mavjud boʻlgan. Xarappadan topilgan boshqa moddiy madaniyat yodgorliklari Xarappa madaniyatining barcha qishloqlari uchun ham xosdir.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.