Xantal
| Xantal | |
|---|---|
|
Sinapis arvensis | |
| Ilmiy tasniflash | |
| Olam: | Oʻsimliklar |
| Turkum: | Brassicales |
| Oila: | Brassicaceae |
| Urugʻ: | Sinapis |
| Binar nomi | |
|
(L.) | |
Xantal yoki gorchitsa – karamdoshlar oilasining Sinapis va Brassica turkumiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi[1]. Moyli ekin. Vatani – Oʻrta dengiz boʻylari. Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoda tarqalgan. Sinapis turkumi 7-10 turni oʻz ichiga oladi. Oq xantal turi (S.alba) Oʻrta dengiz mamlakatlarida oʻstiriladi, asosan, Gʻarbiy Yevropada ekiladi. Boʻyi 25-100 sm, poyasi tik oʻsadi. Toʻpguli koʻp gulli, ikki jinsli, oʻzidan hamda chetdan changlanadi. Mevasi qoʻzoqcha. Urugʻi och sariq yoki och jigarrang, taʼmi achchiq, efir hidi keladi. Yovvoyi xantal yoki dala xantali (S.arvensis) bir yillik (bahorgi ekinlar dalalarida oʻsadigan) begona oʻt. Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoda tarqalgan. Qora xantal (S.nigra) qoʻzoqlari poyaga yopishgan. Kichik Osiyo, Yevropa va Amerikada ekiladi. Habashiston xantali (B.carinata) Efiopiyada ekiladi. Xantal namsevar, sovuqqa chidamli, uzun kun oʻsimligi. Oʻsuv davri 95-120 kun. Xantal urugʻidan non, qandolatchilik, konserva, parfyumeriya sanoatida ishlatiladigan sifatli moy olinadi (35-40 %). Xantal kunjarasidan olinadigan kukundan tibbiyotda ishlatiladigan xantalli qogʻoz va isteʼmol qilinadigan ziravor boʻtqa tayyorlanadi. Xantalning ildizmevali va bargli navlari sabzavot oʻsimligi hisoblanadi. Hamma xantallar asal beruvchi ekin[2].
Turlari
- Sinapis alba L. – oq xantal, eski nomi Brassica alba
- Sinapis allionii Jacq.
- Sinapis arvensis L.
- Sinapis circinata Desf.
- Sinapis flexuosa Poir.
- Sinapis pubescens L.
Manbalar
- ↑ D. J. Mabberley. Mabberley's Plant-book: a Portable Dictionary of Plants, their Classifications, and Uses. Cambridge University Press, 2008 — 798-bet. ISBN 9780521820714.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.