Xafaband

Xafaband (fors. — xafa va band — toʻsish), gulband — zargarlik buyumi; ayollarning boʻyin taqinchogʻi. Boʻyinni oʻrab turadigan tasma hamda marjon va turli shakldagi noziklardan terib yaratiladigan toʻrsimon shokilali tuzilishga ega turlari bor. Koʻkrakkacha tushib turadigan shokilalar trapetsiya va boshqa shakllarda boʻlib, gullari ramziy maʼnodagi shox, uchburchak, romb va boshqa handasiy naqshlardan iborat. „Gulband“ atamasi asli „gulband“ (yovuz ruh va band) boʻlib, yomonlik, yovuzlikdan saqlovchi tumor vazifasini bajargan, vaqt oʻtishi bilan atama oʻzgarib ketgan. Xafabandning boshqa shakllari — (masalan, Toshkent, Samarqand va boshqalarda) kumush gardishga oʻrnatilgan haqiqlar qatori yoki oʻzaro harakatlanuvchi ilmoq yoki halqachalar bilan birlashtiriladigan murabba, toʻrtburchak yoki oval yaproqchalardan tuziladigan shokilali va shokilasiz turlari keng tarqalgan.




Manbalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.