Wanjira Mathai

Wanjira Mathai

Mathai 2013-yilda Global Scholars Symposium da gapirmoqda.
Tavalludi 1971
Fuqaroligi Keniya[1]
Onasi Wangari Maathai

Wanjira Mathai (1971-yil dekabrda tugʻilgan) — keniyalik ekolog va jamiyat faoli. U Keniyaning Nayrobi shahrida joylashgan Jahon Resurslar Institutining Afrika va global hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi direktoridir[2]. Wanjira bu lavozimda oʻrmonlarni kesishga qarshi kurash va energiyadan oqilona foydalanish kabi global muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi. Wanjira Mathai 2018-yilda New African jurnali tomonidan Jahon Resurslar Institutidagi faoliyati hamda Green Belt Movementdagi faoliyati doirasida 30 milliondan ortiq daraxt ekishdagi ishtiroki uchun 100 ta eng nufuzli afrikaliklardan biri sifatida tanlangan[3].

Biografiyasi

Mathai Keniyada tugʻilib oʻsgan[4][5]. Uning onasi Wangari Maathai ijtimoiy, ekologik va siyosiy faol boʻlib 2004-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi afrikalik ayol hisoblanadi[6][7].

Mathai Nayrobidagi Davlat uyi qizlar oʻrta maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, u Hobart va William Smith kollejlarida oʻqish uchun dastlab Jenevaga keyinchalik Nyu-Yorkka koʻchib oʻtdi va u yerda biologiya yoʻnalishini tanlab, 1994-yilda oʻqishni tamomlaydi[8][9][10]. Wanjira Emori universitetida jamoat salomatligi va biznes boshqaruvi boʻyicha magistr darajasini olgan[8][11][12]. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Mathai Karter Markaziga qoʻshilib va u yerda kasalliklar nazorati boʻyicha ishlagan[13]. Markazda Mathai Afrika aholisiga taʼsir oʻtkazgan drakunkuloz, onxoserkoz va limfatik filariaz kabi kasalliklar haqida oʻrgangan[14].

Faoliyati

Green Belt Movement

Mathai Butunjahon kelajak kengashida va 1977-yilda onasi Wangari tomonidan asos solingan Green Belt Movement boshqaruv kengashida faoliyat olib borgan[15]. Dastlab, Mathai 2002-yildan boshlab Green Belt Movementning xalqaro aloqalar boʻyicha direktori boʻlib ishlagan, keyinroq esa tashkilotning ijrochi direktori etib tayinlangan[12][16]. Ushbu tashkilotda u mablagʻ toʻplash dasturlarini boshqargan va resurslarni safarbar qilish monitoringini, shuningdek, xalqaro targʻibot ishlarini olib borgan[17]. Onasi 2004-yilda Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritganidan soʻng, Mathai unga dunyo boʻylab sayohatga hamrohlik qilgan[14]. 2011-yilda onasi vafot etganida Mathai klubni boshqargan[11].

Boshqa tashkilotlar va fondlar

Mathai Wangari Maathai instituti direktori sifatida nutq soʻzlamoqda

2016-yildan beri Mathai Wangari Maathai jamgʻarmasi raisi boʻlib ishlab kelmoqda[8][18][19]. Jamgʻarmaning uchta ustuvor yoʻnalishi bor: Wangari Muta Maathai uyini saqlash, yoshlikda ijodkorlik va jasoratni rivojlantirish uchun yoshlarga yetakchilik koʻnikmalarini singdirish (Wanakesho) va yoshlar hamjihatligini taʼminlash[17]. Yoshlarga taʼlim berish muhimligiga boʻlgan ishonchining namunasi sifatida u Nayrobi Universiteti qoshidagi Wangari Maathai Tinchlik va atrof-muhitni oʻrganish institutining loyiha direktori boʻlgan. Ushbu institut yaxshi axloq va barqaror rivojlanishni targʻib qilishga qaratilgan[20][21].

2018-yilda Mathai New African jurnali tomonidan 100 ta eng nufuzli afrikaliklardan biri sifatida eʼtirof etilgan[22], shuningdek, Afrika universiteti tomonidan eng nufuzli afrikalik ayollar qatoriga kiritilgan[3][23].

Mukofotlari

2023-yil aprel oyida TIME jurnali Wanjirani 2023-yilning eng nufuzli 100 kishisi qatoriga kiritgan[24]. 2023-yil noyabr oyida u BBCning 100 ayol roʻyxatiga kiritilgan[25].

Manbalar

  1. (unspecified title)
  2. „Wanjira Mathai“ (en). World Resources Institute (2017-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  3. 3,0 3,1 „Our List of Top Influential African Women in 2018“ (en-US). ALU (2019-yil 12-mart). 2021-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  4. „Women's Activism NYC“. womensactivism.nyc. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  5. Stanford Event Calendar. „Trees for Africa and Beyond: The Vision Continues“ (en). events.stanford.edu. 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  6. „The Nobel Peace Prize 2004“ (en-US). NobelPrize.org. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  7. „My mother, the Nobel Peace Prize pioneer“ (en-GB). BBC News (2016-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 29-dekabr.
  8. 8,0 8,1 8,2 Nwololo. „Being the best is not important, doing the best is what matters“ (en). Daily Nation (2020-yil 5-iyul). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  9. Chesler, Ellen. Women and Girls Rising: Progress and resistance around the world (en). Routledge, 2015-06-19. ISBN 978-1-317-48266-6. 
  10. „Wanjira Mathai '94 Named Personality of the Week“ (en). www2.hws.edu. Hobart and William Smith Colleges (2017-yil 30-yanvar). 2022-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  11. 11,0 11,1 „Wanjira Mathai“ (en-US). Metis Fund. 2019-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  12. 12,0 12,1 „Wanjira Mathai“ (en-US). Global Landscapes Forum | Paris 2015 (5-6 december 2015). 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-dekabr.
  13. „Wanjira Mathai| World Forestry Congress“. Food and Agriculture Organization of the United Nations. 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  14. 14,0 14,1 „We #Zoomin: on WPower's Director Wanjira Mathai“ (en-US). Nairobi Garage (2017-yil 16-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  15. „Wanjira Mathai“ (en-US). World Future Council. 2022-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  16. „Seeking synergy: Funding Climate Change Mitigation and Adaptation | Synergos“. www.synergos.org. Qaraldi: 2019-yil 30-dekabr.
  17. 17,0 17,1 Elkington. „Values-based youth leadership education key to environmental sustainability: Wangari Maathai Foundation chair“ (en-US). Landscape News (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  18. „Video: Wanjira Mathai“ (en). Peace Boat (2019-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  19. „About Us – Wangari Maathai“ (en-GB). 2020-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  20. „The Green Belt Movement“ (en). www.greenbeltmovement.org. 2019-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
  21. „Our Vision | Wangari Maathai Institute for Peace and Environmental Studies“. wmi.uonbi.ac.ke. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
  22. Jere, Regina Jane (28 December 2018). „The 100 Most Influential Africans of 2018“. New African. 2024-04-21da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16 July 2023.
  23. Lily. „Hurray! 11 Kenyans make it to the list of 100 most influential Africans“ (en-US). Kiss FM (2018-yil 2-dekabr). 2019-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  24. „TIME 100 most influential people 2023“. TIME. April 2023.
  25. „BBC 100 Women 2023: Who is on the list this year?“ (en-GB). BBC News (2023-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.