Voronej
Voronej — RFdagi shahar, Voronej viloyatining markazi (1934 y.dan). Yirik temir yoʻl tuguni, Voronej daryosining Don daryosiga quyilish joyidagi pristan. Aholisi 905 ming kishi (1999). V. Markaziy Qoratuproq iqtisodiy rayonining asosiy industrial markazi va Rossiyaning yirik sanoat markazlaridan biri. V.da mashinasozlik (vagon tuzatish zavodi, ekskavator, temirchilik-press uskunalari, foydali qazilmalarni saralash uskunalari, stanoksozlik, televizor va radiopriyomnik, radiodetal, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi), kimyo (sintetik kauchuk, farmatsevtika zavodlari), qurilish materiallari zavodlari, oziq-ovqat (yogʻ-moy, un-yorma, sut kombinatlari, konditer, makaron fabrikalari va b.), yogocheozlik, yengil sanoat (poyabzal, tikuvchilik) rivojlangan. V.da 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan universitet),oʻlkashunoslik, badiiy, tasviriy sanʼat muzeylari, 4 teatr, telemarkaz bor. XVII—XVIII asrlarning meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. V.ga 1585 y. qalʼa sifatida asos solingan va keyinchalik Rus davlati chegaralarini jan. tomonga jadal kengaytirishda tayanch punkti boʻlgan. Va shuningdek Varonej shaxri iqtisodiy tomonlama yashashga qulay boʻlgan joydir.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.