Vodil
Vodil | |
|---|---|
| shaharcha | |
|
| |
| 40°10′45″N 71°43′47″E / 40.17917°N 71.72972°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Fargʻona viloyati |
| tuman | Fargʻona tumani |
| Hukumat | |
| Aholisi (2016) |
80 400 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +998 73 353 |
| Pochta indeks(lar)i | 150400 |
| Avtomobil kodi | 40 |
|
| |
Vodil — Fargʻona viloyatidagi shaharcha. Fargʻona tumani markazi. Shohimardonsoy boʻyida joylashgan. Maydoni 0,62 ming km². Aholisi 80400 kishi (2016). Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Fargʻona (25 km).
Tarixi
Fargʻona tumani - Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil qilingan. 1962-yil 24 dekabrda Quva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-yil 22-fevralda qayta tuzilgan. Shimoldan Margʻilon va Fargʻona shaharlari, sharqdan Quva tumani va Quvasoy shahri, janubi-sharqi va janubidan Qirgʻiziston Respublikasi, shimoli-gʻarbdan Oltiariq tumani bilan chegaradosh.
Tabiati
Hududi viloyatning janubiy qismida, Pomir Olay togʻlari etaklarida joylashgan. Relyefi janubida qiradirlar (Xontaxt, Sariquchma, Kattakam, Kichikkam, Nomozgoʻy, Xirmonjoy) bilan band.Togʻlardan Marg'ilonsoy, Arabsoy, Oltiariqsoy, Chimyonsoy oqib tushadi. Vodil asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, ohaktosh, marmar hamda so'ngi yillarda aniqlangan juda katta yer osti ko'mir boyligi bor. Mineral buloq koʻp. Iklimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2,7°, eng past temperatura —27°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,4°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yogʻin miqdori 174 mm. Vegetatsiya davri 240 kun.
Tuproqlari, asosan, oʻtloqi boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, qovul, yalpiz, changal, lolaqizgʻaldoq, bangidevona, ajriq, ituzum, itqoʻnoq, burgan, boʻztikan, otquloq, ayiqtovon, qoʻzgʻa, qamish, doʻlana, shoʻra va boshqalar usadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri,ilvirs, chiyaboʻri, tulki, sugʻur, quyon, jayran, qobon, jayra, yumronqoziq, kalamush, har xil ilonlar, echkemar, sichqon; qushlardan kaklik, bedana, bulbul, oʻrdak, gʻoz, kaptar, laylak, musicha, chumchuq, qaldirgʻoch, mayna, zagʻizgʻon, olaqargʻa, sor, qirgʻiy, qizilishton, toʻrgʻay, zargʻaldoq, qarqunoq, boyoʻgʻli va boshqalar qushlar bor.
Aholisi
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qirgʻiz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1km² ga 271,8 kishi.
Xoʻjaligi
Vodilda sanoat korxonalari, shu jumladan, MTP, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, pillani qayta ishlash zavodi bor. Qishloq xoʻjaligi paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik va pillachilikka ixtisoslashgan. Shirkat xoʻjaliklari, fermer xoʻjaliklari mavjud. xoʻjaliklarda paxta, kartoshka, sabzavot, don, ozuqa ekinlari ekiladi. Vodildagi shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy, echki va parranda boqiladi.
Maorifi va madaniyati
9 ta umumiy taʼlim maktabi, 1 ta "Le Crayon" xususiy maktabi, 1 ta musiqa maktabi, 2 ta kasb hunar kollej, bolalar oromgohi, 1 ta kinoteatr, 3 ta kasalxona, dorixonalar, 5 ta kutubxona, madaniyat uyi, dehqon bozori, chorva bozori va mehmonxonalar bor. Fargʻona—Shohimardon, Vodil—Oltiariq avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Geografiyasi
Hozirgi paytda mahalliy aholi Vodilni 7 qismga bo‘lgan: Yuqori ko‘cha, Qorovul tepa, Boy ko‘cha, Yakka tut, Chakalik, Sestum, Bo‘ston. Ushbu qismlardan eng kattasi va eng tarixiysi Qorovultepa hisoblanadi. Qorovultepa nomining kelib chiqishi Qo‘qon xonligi davriga borib taqaladi ushbu davrda xon Shohimardonga safari paytida Vodilda joylashgan qarorgohida tunab qolgan paytlarda Xonni qo‘riqlash tepaligi Qorovultepa deb atalgan hozirgi paytda ushbu o‘rdaning o‘rnida 3-umumiy o‘rta ta‘im maktabi joylashgan. Qorovultepa hududi ushbu maktabdan boshlanadi.[1]
Manbalar
- ↑ "Vodil" OʻzME. V-harfi (Wayback Machine saytida 2021-08-30 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
- Veb sayt (Wayback Machine saytida 2024-07-02 sanasida arxivlangan)
- Telegram kanali
- FaceBook sahifasi
- Instagram sahifasi
- YouTube kanali
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.