Viniplast
Viniplast — polivinilxlorid asosida olingan, tarkibida plastifikator boʻlmagan plastik massa. Polivinilxloriddan tashqari, V. tarkibiga stabilizatorlar va qayta ishlashni osonlashtiruvchi moddalar kiradi. Baʼzan V. tarkibiga boʻyoqlar (rangli buyumlar olishda), toʻldirgichlar (tannarxini arzonlashtirish, fizik-mexanik xossalarini oʻzgartirish maqsadida) va modifikatorlar (baʼzi xossalarini yaxshilash uchun) qoʻshiladi. V.ni qayta ishlash usullari olinayotgan buyum turiga bogʻliq. V.— yonmaydigan, hidsiz, termoplastik material, uni mexanik ishlash oson. Turli materiallar (beton va yogʻoch yuzalari)ga yaxshi yelimlanadi, 20—80° haroratda dielektrik xossaga ega. Kislotalar, ishqor va alifatik uglevodorodlar taʼsiriga chidamli; aromatik va xlorlangan uglevodorodlar taʼsiriga chidamsiz.
V. kimyo sanoatida korroziyaga qarshi konstruksion material sifatida (idishlar, quvurlar, ventilyatsiya qurilmalari, kimyoviy uskunalar qismlari, lab. jihozlari va hokazo), suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarida, qurilish va b. yerlarda ishlatiladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.