Verona

VeronaItaliyaning shimoli-sharqidagi shahar, Venetsiya viloyatida. Alp togʻlari etagida, Adije daryosi boʻyida. Verona provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 260 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Venesiyadan Milanga va Padana tekisligidan Avstriyaga Brenner dovoni orqali oʻtiladigan muhim transport yoʻllari tuguni. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, poyabzal, yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Veronada xalqaro qishloq xoʻjaligi yarmarkalari boʻlib turadi. Industrial institut, universitet, muzeylar, sanʼat galereyasi bor.

Verona – qadimgi shahar. Miloddan avvalgi 89-yildan Rim koloniyasi, 489-yildan ostgotlar qirolining qarorgohi. 1837-yildan Milanga, 1405-yilda Venetsiyaga qoʻshib olingan. 1797-yildan Avstriya tarkibiga, 1866-yildan Italiya qirolligi tarkibiga kirgan. Veronada Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari, oʻrta asrda qurilgan binolar, Uygʻonish davriga oid saroylar, klassik uslubda qurilgan shahar boshqarmasi (ratusha) binosi va boshqa saqlangan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.