Varrak

Laylaki varrak. John Bate 1635-yili yozgan Tabiat va sanʼat sirlari kitobidan tasvir.
Sakkizoyoq shaklidagi varrak. Clovis, New Mexico, AQSh.

Varrak deb ip bilan bogʻlangan havo apparatiga aytiladi. Sirtiga shamol bosimi taʼsir etishi natijasida havoga koʻtariladi. Asosiy qismlari: qamishlarga tarang tortilgan mato yoki xitoy qogʻoz (aerodinamik sirt), chillakka (gʻaltakka) oʻralgan ip, varrakni ipga ulaydigan nizomlar, varrakni osmonda muallaq tutib turadigan shokildalar yoki dum. Varraklar turli shakllarda yasaladi. Shakliga koʻra, varrak besh qamishli (oddiy), ikki qamishli (laylaki), sirtlarining shakli boʻyicha bir tekislikli hamda koʻp tekislikli (ajdarsimon) va boshqa, shokildalari turiga koʻra ikki, uch, qator shokildali va dumli xillarga boʻlinadi. Katta-kichikligiga koʻra oddiy va katta (quroq) varraklar boʻladi. Oddiy besh qamishli varrakni yasashda qogʻoz yoki mato toʻgʻri toʻrtburchak shaklda bichiladi. Qamishlar bir xil yoʻgʻonlikda yoʻniladi va bichilgan xitoy qogʻozga yelim bilan avval oʻrtamak, keyin boshamak, belamak, shohamaklar yopishtiriladi. Soʻngra belamakka tumorcha, shohamaklariga quloqlar va shokildalar yopishtiriladi. Bir oz vaqt quritilgandan soʻng boshamak va bslamaklar ip bilan egib bogʻlanadi. Shamolda ovoz chiqarib turishi uchun boshamakka dardirak yopishtiriladi. Nizomlar oʻtkazilib, ipga bogʻlanadi.

Laylaki varrakni yasashda kvadrat shakldagi mato yoki qogʻozga avval diagonali boʻyicha oʻrtamak yopishtiriladi. Soʻngra ikkinchi diagonali boʻyicha qamishni egib yopishtiriladi. Nizomning bir uchi oʻrtamak bilan egilgan qamish tutashgan joyga, ikkinchi uchi esa oʻrtamakning egilgan qamish uchlaridan oʻtgan chiziq bilan tutashgan joyga bogʻlanadi. Varrak aerodinamik sirtining simmetrikligi buzilgan boʻlsa, besh qamishlisida shohamaklarning pastki uchlariga ip bogʻlanib, ipning oʻrta qismiga, laylakida esa oʻrtamakka dum bogʻlanadi.

Varrakning quroq deb ataladigan turi katta boʻlib, qalin qogʻoz yoki yupqa matoga sambittol, behi yogʻochi, reykani yelim bilan yopishtirib yasaladi.

Varrak qadimdan maʼlum boʻlib, ayniqsa Xitoyda juda taraqqiy etgan. XIX asr oxiri—XX asr boshlarida varrakdan atmosferaning yuqori qatlamlarini tekshirishda, joylarni suratga olishda va sport maqsadlarida foydalanishgan. Aviatsiya, uchish apparatlarining rivojlanishi bilan varrakdan faqat sport va oʻyin maqsadlarida foydalaniladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.