Vakillik
Vakillik — bir shaxsning boshqa shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga oshirishi. Vakillik asosan bir shaxs (vakil)ning vakolat boʻyicha tuzgan bitimi; vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi. Mazkur vakolat ishonchnoma, qonun, sud qarori yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan boʻlishi kerak. Fuqarolar fuqarolarga, yuridik shaxslarga V. qilishlari mumkin. Yuridik shaxs faqat oʻz ustavida koʻzda tutilgan hollardagina yoki faoliyat harakteriga muvofiq boʻlgandagina fuqarolar yoki yuridik shaxslarning vakili boʻlishi, muomalaga layoqatli shaxslar oʻzlari tanlagan vakillar orqali bitim tuzishlari mumkin. Bitim oʻz harakteriga koʻra faqat shaxsan tuzilishi mumkin boʻlgan hollar, shuningdek qonunda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadi (OʻzR FK, 129—131-moddalar).Muomalaga layoqatli shaxslar oʻzlari tanlagan vakillar orqali bitimlar tuzishlari mumkin, bitim oʻz xarakteriga koʻra faqat shaxsan tuzilishi mumkin. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan vakillikni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadilar.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.