Utah Jazz

Pete Maravich, 1977-yil

Utah Jazz — professional basketbol jamoasi boʻlib, Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining Gʻarbiy konferentsiyasining shimoli-gʻarbiy divizionida oʻynaydi. Jamoa Yuta shtatining Solt-Leyk-Siti shahrida joylashgan. Klub 1974-yilda tashkil etilgan va Nyu-Orlean Jazz deb nomlangan. Luiziana shtatining Nyu-Orlean shahrida joylashgan. NBAdagi besh mavsumdan soʻng, jamoa 1979-yilda Yutaga koʻchib oʻtdi. Dastlabki mavsumlarda Jazz liganing eng yomon jamoalaridan biri edi va 1984-yilda tashkil etilganidan keyin 10 yil oʻtgach pley-offga chiqa oldi.

Tarixi

1974-yil 7-iyun kuni Nyu-Orleanda joylashgan va New Orleans Jazz deb nomlangan jamoa NBAga kiritilgan 18-jamoaga aylandi. Birinchi yutuq Atlantadan „yulduzli“ himoyachi Pit Maravichni sotib olish boʻldi. Oʻyinchi 1976-77 yilgi mavsumda har bir oʻyinda 31,1 ochko toʻplab yetakchilik qilgan, ammo Nyu-Orlean Jazzning eng yaxshi gʻalaba va magʻlubiyat rekordi 1977-78 yilgi mavsumda 39-43 boʻlgan. Maravich joriy mavsumda tizzasidan jarohat oldi va koʻp oʻyinlarda qatnasha olmadi[1]

Shuningdek, Nyu-Orleanda oʻyin oʻtkazish joyi bilan bogʻliq muammolar mavjud edi. Birinchi mavsumda jamoa Nyu-Orlean universitetidagi Loyola Fieldhouseda oʻynadi, u yerd basketbol maydoni uchun talab qilinganidan kattaroq edi, mos ravishda sportchilar maydondan tashqariga chiqmasligi uchun toʻr bilan oʻrash kerak edi[2] Keyinchalik oʻyinlar Luiziana Superdomeda boʻlib oʻtdi, ammo basketbol zaliga qoʻyiladigan yuqori talablar, shuningdek, ijara shartlari va Maravichning jarohati klubga qimmatga tushdi. Jamoa Mardi Gras festivallari tufayli har yili bir oyni mehmonda oʻtkazish muammosiga ham duch keldi[1][3]. Bir necha yil oʻtgach, klub asoschisi va xoʻjayini Sem Battison klubning pley-off uchun rejasi yoʻqligini, jamoa bunga ariza bermaganini taʼkidladi. Biroq, oʻsha paytdagi Superdome menejeri Bill Körl, oʻz navbatida, stadion rahbariyati har yili pley-off oʻyinlari uchun sanalarni band qilishini va klub rahbariyatini bundan xabardor qilishini taʼkidladi, ammo klub birorta xatga javob bermagan[4]

Basketbol shon-shuhrat zali aʼzolari

Naismith Memorial Basketball Hall of Fame aʼzolari
Oʻyinchilar
No. Ismi Pozitsiyasi Faoliyati Faoliyat boshlagan yili
7
44
Pete Maravich G 1974-1980 1987
8 Walt Bellamy C 1974 1993
25 Gail Goodrich G 1976-1979 1996
4 Adrian Dantley F/G 1979-1986 2008
12 John Stockton G 1984-2003 2009
32 Karl Malone F 1985-2003 2010
22 Bernard King F 1979-1980 2013
24 Spencer Haywood F/C 1979 2015
Murabbiylar
Ismi Pozitsiyasi Faoliyati Faoliyat boshlagan yili
1223 Jerry Sloan Head coach 1988-2011 2009

Manbalar

  1. 1,0 1,1 „Deseret News — Utah Jazz: Roots of Utah’s team planted in New Orleans“. 2009-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
  2. Finney, Peter. Former Jazzman James remembers 1970s NBA hoopla (2002-yil 30-oktyabr), s. C1.
  3. „Jazz Basketball Investors, Inc“ (deadlink). FundingUniverse.com. 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 22-aprel.
  4. The Move to Utah (Wayback Machine saytida 2022-03-31 sanasida arxivlangan). Hornets Report.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.