Tyanszin
Tyantszin | |
|---|---|
| Markaziy boʻysunuvdagi munitsipalitet | |
|
Xayxe daryosidagi Tyantszin charxpalagi Yangi Binxay tumani Pan togʻi Xuanya dovoni Tyantszin vokzali Minyuan Stadioni Tyantszin konsert saroyi | |
| 39°8′48″N 117°12′20″E / 39.14667°N 117.20556°E | |
| Mamlakat | Xitoy |
|
| |
Tyantszin — Xitoyning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, XXR markaziy boʻysunuvdagi munitsipalitetlaridan biri. Mamlakatning muhim iqtisodiy markazlaridan biri hisoblanadi. Shahar Sariq dengizning Boxayvan qoʻltigʻi yaqinida, Xayxe daryosining Buyuk Xitoy kanali bilan kesishgan yerida joylashgan. Atrofidagi tumanlar bilan markazga boʻysunuvchi mustaqil maʼmuriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 9,05 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni, yirik port. T. — Pekinning "dengiz darvozasi", Shanxay bilan bir katorda muhim savdotaqsimot punkti; T.ga mamlakat tashqi savdo operatsiyalarining 1/4 qismi toʻgʻri keladi. Poʻlat quyish, mashinasozlik, priborsozlik, kimyo, toʻqimachilik, radioelektronika va qogʻoz sanoatlari rivojlangan. Gilam, velosiped, soat va tikuvchilik mashinalari ishlab chiqariladi. Untlar bor. Metropoliten qurilgan.
Tarixi
Shaharga XIII asrda Chjigu baliqchilar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. 1465-yildan T. deb atalgan. 1725-yildan okrug, 1731-yildan viloyat markazi. 1856—60-yillardagi AngliyaFransiyaXitoy urushi vaqtida inglizfransuz qoʻshinlari bosib olgan. 1860-yildagi AngliyaXitoy va FransiyaXitoy shartnomasiga muvofiq, chet el savdosi uchun ochiq deb eʼlon qilingan. 1900-yil iyul oyida, Ixetuan qoʻzgʻoloni vaqtida T. 8 davlat harbiylari tomonidan ishgʻol qilingan. 1937—45 yillar yaponlar qoʻl ostida boʻlgan. 1949-yil 15 yanvarda gomindanchilar T.dan chiqarib yuborilgan.
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.