Traxeit
Traxeit (traxeya va itis — yalligʻlanish) — traxeya shilliq pardasining yalligʻlanishi. Sovqotish, yuqumli kasalliklar (gripp, qizamiq, koʻkyoʻtal), shuningdek, yurak, oʻpka kasalliklari, bolalarda esa aksari raxit, ekssudativ diatez va hokazo oqibatida paydo boʻladi. Asosan, bahor va kuzda koʻp uchraydi. Oʻtkir va surunkali kechadi. Oʻtkir T., odatda, tumov va burunxalqumning yalligʻlanishi bilan boshlanib, tezda traxeyaga oʻtadi. Bemor yoʻtaladi (yoʻtal, ayniqsa, kechasi va ertalab zoʻrayadi), balgʻam ajraladi (kasallikning boshlanish davrida balgʻam qiyin ajraladi), tomoq va toʻsh sohasida ogʻriq paydo boʻlib, bemor yoʻtalganda kuchayadi, tomoq tirnalib, achishadi, hiqildoq yalligʻlanishi ham qoʻshilganda odam boʻgʻilib, butunlay ovozi chiqmay qoladi (qarang Laringit). Bemorda darmonsizlik, bosh ogʻrigʻi, isitma kabi alomatlar kuzatiladi. Oʻz vaqtida davo qilinsa, oʻtkir T., odatda, 1—2 qaftadan keyin oʻtib ketadi, aks holda surunkali tuye oladi, bunda kasallik vaqtvaqtida qoʻzib, uzoq davom etadi.
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.