Tramvay

Tramvay (inglizcha tram - "vagon", way - "yoʻl") poyezddan yengil, relsli, elektr dvigatelli transport vositasidir. Odatda shaharlar ichida va atrofida yoʻlovchi tashishi uchun moʻljallangan.
Tramvay (inglizcha: tramway, tram — vagon, arava va way — yoʻl) — relsli izda harakatlanuvchi shahar yer usti transport vositasi; elektr energiyasini simda sirpanuvchi "shoxi" (dugasi) orqali kontakt (tutashma) simdan oladigan vagon (2 ta, baʼzan 3 ta tirkama vagonlar majmui).
Tramvay murakkab texnika vositasi hisoblanadi. Uning motori (dvigateli) elektr energiyasini relsli izlar tepasidan tortib ketiladigan simdan oladi. Sim kichik elektr styasiga ulanadi. Elektr styada oʻzgaruvchan tok 500—750 V kuchlanishli oʻzgarmas tokka aylantiriladi. Motorli vagon ustidagi yoysimon shox (duga) simda sirpanib, dvigatelga tok yetkazib beradi. Ikkinchi manfiy sim vazifasini relslar oʻtaydi. Umuman tramvay xoʻjaligi murakkab majmua hisoblanadi. Unga relsli izlar, avtoblokirovka tizimi, elektr dvigatel, elektr tarmogʻi, harakatlanuvchi sostav (vagon yoki vagonlar), tramvaydan foydalanish xizmati — depo (Toshkentda 2 ta depo bor), taʼmirlash korxonalari, liniyadagi doimiy tok elektr dvigateli qoʻllanadi (quvvati — bir necha kVt dan bir necha MVt gacha).
Tarix
Aravalarni harakatlantirishda elektr tokidan foydalanish gʻoyasi XIX asr 30—40-yillarida paydo boʻldi, lekin 70-yillarda birinchi elektr styalari paydo boʻlgandan keyingina amalga oshdi. Rus ixtirochisi F.A. Pirotskiy 1876-yilda taklif qilgan "relsli arava"ni birinchi tramvay deyish mumkin. Tramvay yaratishga doir ishlar Germaniya va boshqa mamlakatlarda ham olib borildi. Berlin yaqinidagi Lixtenfelde shaharchasida 1881-yil 20 yoʻlovchi sigʻadigan vagon (tezligi 30 km/soat) qatnay boshladi. Keyinchalik koʻp Yevropa mamlakatlari va AQSH da keng tarqaldi. Tramvaydan muntazam foydalana boshlash Kiyevda 1892-yil, Nijniy Novgorodda 1896-yil, Moskvada 1899-yil yoʻlga qoʻyildi.
Toshkentda tramvay
Toshkentda vagonni tor izlar boʻylab otlar tortadigan koʻnka 1901-yil qatnay boshlagan, tor izli elektr tramvay esa 1913-yil paydo boʻlgan, keng izli tramvay 1936-yil foydalanishga topshirilgan (Toʻqimachilik komibinati — Xadra maydoni). Oʻzbekistonda tramvay Toshkent va Samarqand shahrlarida qatnaydi.
Shuningdek
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.