Toʻsin

Toʻsin — bino va inshootlarning tomi, orayopmalari, poliga ishlatiladigan va tayanchlarga tayanadigan konstruktiv elementa. Joyiga qarab temirbeton, metall va yogʻoch T.lar ishlatiladi. Koʻndalang kesimi shakliga koʻra, toʻgʻri toʻrtburchak, tavr yoki qoʻshtavr, trapetsiya va doiraviy boʻlishi mumkin. Tayanchlarning soni va T. uchlarining biriktirilishi usuliga koʻra, T.lar bir qulochli (prolyotli), koʻp qulochli, konsolli, uchlari mahkamlangan, qirqma, yaxlit, osma va boshqa turlarga boʻlinadi. Vaznini yengillashtirish maqsadida ichi kovak T.lar ham ishlatiladi. Ilgari Oʻzbekistonda binolar uchun asosan yogʻoch toʻsinlar (bolorlar) ishlatilar edi. Xonalarning kattakichikligi solinadigan T.lar soniga qarab belgilanar edi (mas., besh, yetti, toʻqqiz, oʻn bir T.li va boshqalar). T. ustiga toqi (vassa)lar zich qilib yonmayon yotqizilardi. Toqi siyrak boʻlganda ustidan boʻyra tashlanardi. Koʻpincha, T. sifatida daraxtning shakli saqlangan xrlda ishlatilgan, keyinchalik toʻrtburchak qilib yoʻnilgan, oʻyib, boʻyab naqsh ishlangan. Yakka tartibda uyjoy qurilishida bu anʼana hamon saqlanib qolmoqda. Ammo zamonaviy yirik binolarda yogʻoch toʻsinlar oʻrnini yigʻma metall yoki temirbeton plitalar egalladi.

Binokorlikda yigʻma temirbeton T.lar keng tarqalgan. T. egilganda markaziy (neytral) oʻqdan pastki tolalari choʻzilishga, yuqori tolalari esa siqilishga ishlaydi. Beton choʻzilishga zaif, siqilishga yaxshi ishlaydigan material. Betonning choʻzilishga mustahkamligini oshirish maqsadida T.ning choʻzilish zonasiga poʻlat armatura joylanadi. T. yoki plitaning oʻrta qismida kuchlanish kam boʻlgani sababli, oʻrta qismlari kovakli, boʻshliqli qilib ishlanadi. Tom va orayopma uchun ishlatiladigan plitalarning aksariyati koʻp boʻshliqli boʻladi.





Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.