Toyone
Toyone 豊根村 | |
|---|---|
| Qishloq | |
|
| |
| 35°8′47.4″N 137°43′11.4″E / 35.146500°N 137.719833°E | |
| Mamlakat | Yaponiya |
| Viloyat |
[[Chūbu viloyati Tōkai viloyati]] |
| Prefektura | Aichi |
| Yaponiya tumanlari|tuman | Kitashitara |
| Maydon | 155.88 km2 (60.19 kv mi) |
| Rasmiy til(lar)i | yapon |
| Aholisi (2019-yil 1-oktyabr) |
1 031 kishi |
| Zichligi | 6.6 kishi/km2 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
| Telefon kodi | 0536-85-1311 |
|
| |

Toyone (yaponcha: 豊根村, Toyone-mura) Yaponiyadagi Aichi prefekturasi, Kitashitara tumanidagi qishloq. 2019-yil 1-oktyabr holatiga qishloqdagi 507 ta xonadonda 1031 nafar aholi istiqomat qiladi[1], aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 6,61 nafar kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 155,88 kvadrat kilometr (60,19 milya) ga teng.

Geografiyasi
Toyone Aichi prefekturasining eng shimoli-sharqiy burchagida joylashgan. Qishloqning katta qismi Tenryu-Okumikava kvazi-milliy bogʻi chegaralarida oʻrnashgan. Shizuoka prefekturasidagi Sakuma toʻgʻonidan suv ombori qishloqqa qadar choʻzilgan. Shintoyone toʻgʻoni ham Toyone chegaralarida bunyod etilgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Aichi prefekturasi
Nagano prefekturasi
Shizuoka prefekturasi
Demografiyasi
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Toyone aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida tez kamayib bormoqda.
| Yil | Aholi | ±% |
|---|---|---|
| 1940 | 5,193 | — |
| 1950 | 5,414 | +4.3% |
| 1960 | 4,61 | −14.9% |
| 1970 | 3,865 | −16.2% |
| 1980 | 2,126 | −45.0% |
| 1990 | 1,813 | −14.7% |
| 2000 | 1,629 | −10.1% |
| 2010 | 1,337 | −17.9% |
Iqlimi
Qishloq issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Toyone shahrida oʻrtacha yillik harorat 12,2 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2192 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 0,9 °C atrofida boʻladi[3].
Tarixi
Toyone qishlogʻi 1889-yil 1-oktyabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. 1955-yilda qoʻshni Shizuoka prefekturasidan Sakuma toʻgʻonining koʻtarilishi natijasida Toyonning markaziy qismini suv bosdi hamda qishloq aholisining uchdan bir qismidan koʻprogʻini koʻchirishga majbur boʻldi. 2005-yil 27-noyabrda Tomiyama qishlogʻi Toyone bilan birlashtirildi.
Iqtisodiyoti
Toyonening asosiy sanoati kichik oʻrmon xoʻjaligi va mavsumiy turizmga asoslanadi. Qishloq gidroenergetika sanoastidan ham daromad oladi.
Taʼlim tizimi
Toyoneda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda davlat yuqori maktabi mavjud emas, lekin bitta xususiy yuqori maktab mavjud boʻlib, u Toyohashi shahridagi Sakuragaoka yuqori maktabining filiali hisoblanadi.
Transport
Temir yoʻl
Toyone yoʻlovchi temir yoʻl xizmatiga ega emas.
Magistral yoʻl
- Milliy yoʻnalish 151
Galereya
Manbalar
Havolalar
- Rasmiy sayti (yaponcha)
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.