Toshguzar

Toshguzar – Boysun – Qumqoʻrgʻon temir yoʻli – Oʻzbekistonning janubiy hududida barpo etilgan yirik temir yoʻl magistrali. Yoʻlning umumiy uzunligi 220 km; temir yoʻl oʻtgan hududlarla 6 ta temir yoʻl stansiyasi (Toshguzar, Dehqonobod, Oqravot, Darband, Boysun, Qumqoʻrgʻon), 10 ta razyezd (Qayirma, Boʻzaxoʻr, Jarquduq, Qoradaxna, Chashmai Hofizon, Oqnazar, Shoʻrob, Pulhakim, Tangimush, Oqjar), 44 ta koʻprik, 508 ta sunʼiy inshootlar barpo etish rejalashtirilgan. Temir yoʻlning qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1995-yil 17-avgustdagi „Toshguzar – Boysun— Qumqoʻrgʻon“ yangi temir yoʻl liniyasini loyihalash va qurish masalalari toʻgrisida" qarori asosida boshlapgan. Mazkur yoʻl mamlakatning yagona mustaqil temir yoʻl tarmogʻini yaratishda va uning janubiy viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda, tabiiy yer osti boyliklarini oʻzlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Transport yoʻli liniyasi toʻla ishga tushirilishi bilan yuk tashish masofasining qisqarishi natijasila milliy iqtisodiyotda transport sektori ishi samaradorligi ortadi; qoʻshni davlatlar temir yoʻllaridan foydalanish uchun sarflanadigan valyuta toʻlovlari tejalati; Transport yoʻli oʻtadigan hududlarda tabiiy gaz (Zevarda. A.tan. Oʻrtabuloq, Shoʻrtan, Muborak, Lalmikor va boshqalar), gaz kondensati va neft (Koʻktumshuq, Shimoliy Oʻrtabuloq), tosh-koʻmir (Boysun, Shargʻun), polimetall (Kandiza) konlarini oʻzlashtirish, togʻ-kon sanoati va q.\. sohalarini rivojlantirish hisobiga mintaqalarning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga erishiladi. Transport yoʻlinnng bosh buyurtmachisi „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat-aksiyadorlik kompanpyasi. Uning loyihasi kompannyaning „Boshtransloyiha“ va „Toshtemiryoʻl-loyiha“ ip-tlari tomonidan ishlab chiqilgan. Transport yoʻli liniyasi qurilishi loyihasining umumiy qiymati 447,3 mlrd. soʻmni tashkil etadi (2004). Loyihani amalga oshirish uchun Yaponiya Xalqaro hamkorlik bankinnng 151,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli krediti jalb qilingan. 2004-yil 30-avgustda magistralning 1-bosqichi – Toshguzar – Dehqonobod uchastkasi (56,8 km) qurib bitkazildi va ishchi poyezdlari harakati tashkil etildi. 2005-yil 5-mayda magistralning 2-bosqinchi – Qumqoʻrgʻon – Boysun uchastkasi (59,1 km) qurilishi yakunlandi va poyezdlarning ishchi harakati ochildi. 2005-yil oxiriga qadar „Dehqonobod“ stansiyasining uzviy davomi boʻlgan 26.5 km li temir yoʻl qurilishi yakunlandi. Yoʻl respublikadagi juda koʻp qurilish-montaj kompaniyalari va tashkilotlari ishtirokida qurilmoqda[1].

Manbalar

  1. Toshguzar“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 8-jild (Solnoma — Toʻytepa). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004 — 704-bet. 



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.