Torob
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Torob — Buxoro viloyati Jondor tumanidagi qadimiy qishloq. Torob qishlog’ini paydo bo’lishi tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Ushbu maskan qadimda Zarafshon daryosi quyi oqimidagi eng xushmanzara va betakror maskanlardan biri bo’lgan. “Samariya” (Samarqand mozorlari zikri) asarining muallifi Abu Tohirxoja Samarqandiy o’zining kitobida shunday yozadi: Zarafshon daryosikim, uni Ko’hak deb yuritadilar. Boshlab kunchiqar tog’lardan chiqib, unga Iskandar bulog’i - Iskandar ko’lining suvi va Maschoh tog’laridan chiqadigan buloqlar qo’shiladi. Boshqa suvlar va buloqlar bilan birikib, daryo bo’lib Buxoro va Qorako’lgacha borib yetadi. Ko’hak daryosining uzunligi 120 tosh (farsaх)dir. Zarafshon daryosi bo’yida qad rostlagan va odamlarning muqum yashab qolish maskaniga aylangan Torob qishlog’i vohadagi Varaxsho, Romush, Poykant kabi qadimiy shaharlar bilan bir paytning o’zida paydo bo’lgan. Torob qishlog’ining tepalik ustida qurilganligi hamda atrofi baland qal’a (paxsa devor) bilan o’rab olinganligi ham qishloqning qadimiyligini anglatib turadi. Chunki bunday qal’a va qo’rg’onlar asosan eramizdan avvalgi 4-3 asrlardan boshlab qurilganligi arxeologik ilmiy tadqiqotlar orqali fanda isbotlangan. Ilk o’rta asrlarda Torob manzilgohi yaqin hududlardagi qishloqlar qatori obod bo’lib, by yerda bozor, savdo-sotiq va hunarmandchilik rastalari, turar joy-manzilgohlari qator tizilishgan. Qal’anning to’rt tomonida to’rta darvoza, maxsus qo’riqlash minoralari (shinaklar), suv oqib turuvchi ariqlar mavjud bo’lgan. VIII asr boshlaridagi arablar istilosi, uning asoratlaridan Torob qo’rg’oni ham chetda qolmagan. Qal’a arablar bosqini davrida inqirozga yuz tutgan bo’lsa-da, undan keyin davrlarda vujudga kelgan sulolalar davrida maskan yanada rivojlandi. Bu davrda Islom dini va uning yuksalishida hududdan chiqqan olimlar o’z hissalarini qo’shdilar. Abdulkarim as Sam’oniyning “Nasabnoma” (Al-Ansob) kitobida Torob qishlog’i Buxoro qishloqlaridan biri bo’lib, Xunbun (hozir Jondor tumanidagi Torob va Xumin qishloqlari) qishlog’i yaqinida joylashgan. Abul Fazl Mahdiy ibn Ishkob at-Torobiy Torob qishlog’ida yashaganliklari ta’kidlangan. Hijriy 265 (milodiy 879) yilda vafot etganlar, qabrlari Torob tepaligidan pastda shimoliy qabristonda. Shuningdek, Abu Rajo Ahmad ibn Yaqub al-Paykandiy at-Torobiy Paykand ahlidan bo’lib, Torob qishlog’ida yashaganlar. XIII asrning boshlarida O’rta Osiyoda Xorazmshohlarga qarshi 1219-1221 yillardagi mo’g’ullar istilosi davrida shahar va qishloqlar butunlay vayron etildi. Chig’atoy ulusi davrida esa aholiga nisbatan zulmkorlik va zo’ravonlik tizimi yanada kuchayib, soliq va majburiyatlarning keskin ravishda oshib borilishi natijasida xalq ommasining qo’zg’olonlari ko’tarilgan. Shulardan eng mashhuri bu 1238 yilda bo’lgan Mahmud Torobiy nomi bilan bog’liqdir. Muhammad ibn Juvayniyning “Jahongir Chingizxon tarixi”, Ali Yazdiyning “Zafarnoma”da, Mirzo Ulug’bekning “To’rt ulus tarixi” kitobida mazkur qo’zg’olon haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Torobiy boshchiligidagi qo’zg’olon mo’g’ullar imperiyasi zulmi va zo’ravonligiga qarshi qattiq zarba bo’ldi. Qo’zg’olon oqibatida ikki tomondan 20 mingdan ortiq kishi halok bo’ldi. Torobiy, uning inilari Muhammad hamda Ali , Shamsiddin Mahbubiy ham jangda halok bo’ldilar. Ushbu qo’zg’olon mo’g’ullarni Movarounnahrdagi boshqaruviga yetarlicha ta’sir qildi.Mo’g’ullar zulmi tugab, Amir Temur davriga kelib Torob qal’asida hayot unga tengdosh boshqa hududlar singari yana asl holiga keladi. XVI-XVII asrlarda ham obod bo’lganligi haqida tarixchi Mahmud ibn Vali o’zining “Bahrul asror” (“Sirlar dengizi”) asarida bayon etgan. Shuningdek bu yerda Mavlono Abdurahim Qurro Torobiy tavallud topgan bo‘lib, U Buxorodagi Koʻkaldosh madrasasida Qurʼon qiroati va hadis ilmidan talabalarga saboq bergan. U “Hujjatul voqifin” (Maʼrifatdan voqif boʻlganlarning hujjati), “Tuhfai xoniy” (Xonlarga tuhfa), “Sharhi fiqhi Kaydoniy” (Fiqhi Kaydoniy sharhi), “Sharhi qasidai bonati saodat” (Bonati saodat qasidasining sharhi) kabi bir qator asarlarni tasnif etgan. Mavlono Abdurahim Qurro 1322/1904 yilda vafot etgach, xalifa Muhammad Husayn qabrining shimoli gʻarb tomoniga yuz qadam masofada dafn etilgan. “Tuhfatuz zoyirin” (Ziyoratchilarga tuhfa) asari muallifi Nosiriddin Buxoriy ham Mavlono Abdurahim Qurro Torobiyga shogird tushib, tariqat silsilasiga bog'langan.Buxoro amirligi davrida ham ushbu maskan amirlik tasarrufiga kirgan. Amirlikka tegishli hududlar har yili Buxoro qushbegisi (bosh vaziri) tomonidan viloyat hokimlari yoki tuman qozilariga tuman va qishloqlarning ro’yxatini tuzish haqida topshriqlar berilgan. Jumladan, 1916 yil Xayrobod (Jondor) tumani miroxo’ri tomonidan bosh vazir, qushbegiga xat yo’llagan: “Sharofat va shavqat e’tiboriga ya’ni qushbegi janoblariga arz qilinadiki, bu adolatli kunlarda Xayrobod tumanida amirning marhamadnomasidan ogoh bo’lmasdan (turgan) bir necha qishloqlari bor edi. Shu sababdan qushbegi janoblari mehribonchilik qilib mazkur Xayrobod tumanidagi qishloqlarni ravshan va xatosiz yozib, ro’yxat qilib, tezda yuborishni buyurgan edilar. Ko’rsatmaga binoan, mazkur tumandagi qishloqlarni biladigan kishilarni keltirib, surishtirib ravshan va xatosiz ro’yxat qilib, yaqinda yuborildi. Muhr bosmasi Miroxurd, sana:-1334/1916 Shuningdek, 1926 yildagi ro’yxatga olishda ayrim hududlardagi joy nomlari birmuncha o’zgargan holda noto’g’ri yozilganligini ta’kidlash lozim. Buxoro vohasini (Zarafshon okrugini) rayonlashtirish tizimidagi 1926 yilgi ro’yxatda Rometan-Xayrobod rayoni, markazi Lag’laqa 4 raqamli markazi Darvesh bolo bo’lgan hududga Torop qishlog’i kirgan.XX asrda yurtimizda dinga bo’lgan munosabat, siyosiy ta’qiblar natijasida Torobiy qal’asi anchagina nurab qoldi, uning atrofi paxta maydonlariga aylantirildi. Tepalik hozirda 4-5 gektar atrofida bo’lib, tepalikda quduq (chuqurligi taxminan 40 metr) bor, 1970 yillarda Tepalikda eski uylarning paxsalari mavjud, hududda masjid bo’lganligi, sobiq sho’ro davrida rayon markaziga madaniyat uyi qurilishi bahonasida buzib olib ketilganligi ta’kidlab o’tildi. Hozirgida ham masjidning o’rni mavjud. Tepaning quyosh chiqar tomonida katta ko’k tosh mavjud bo’lib, hudud aholisi undan ko’k yo’talga (qattiq shamollash) ixlos qilib, toshga qatiq surtib kasallangan shaxslarni yalattirib shifo so’rashganlar. Aslida bu ko’k toshlar o’rta asrlarda nufuzi baland boy xonadon,amaldorlarning qabri ustiga qo’yilgan hisoblanadi. Shuningdek tepalikning pastki qismida 5 metr atrofidagi qabr mavjud bo’lib, uning oldida tug’ ham bor. 2020 yilda Buxoro viloyati Jondor tuman hokimligi sa’yi harakati bilan tuman markazidagi madaniyat va istirohat bog’i Mahmud Torobiy nomidagi harbiy-vatanparvarlik bog’iga aylantirilib, bog’ markazida umumiy uzunligi 8 metrlik haykali o’rnatildi. Hozirgi kunda Torob qalasi, atrofida Torob, Uragnji va Darveshi qishloqlari joylashgan.
Adabiyot
- Abdulkarim asSamʼoniy, Nasabnoma (AtAnsob), Buxoro, 2003.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.