Tony Cetinski
Tony Cetinski | |
|---|---|
|
Cetinski 2017-yil fevral oyida Sloveniya „Eurovision“ milliy finalida chiqish qilgan | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
Anthony Cetinski 1969-yil 31-may |
| Janrlar | Pop rock |
| Kasbi | Qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi |
| Faoliyat yillari | 1990–hozirgacha |
| Leybllar | |
| Fuqaroligi | Xorvatiya |
| Turmush oʻrtogʻi |
Dubravka (turm. 2014) |
| Veb-sayt | https://www.tony-cetinski.com/ |
Anthony Cetinski (1969-yil 31-mayda tugʻilgan) — xorvatiyalik pop janrida ijod qiluvchi xonanda.
Biografiyasi
Cetinski Pula shahrida musiqachi oilasida tugʻilgan. U 15 yoshidan boshlab mahalliy guruhlar bilan qoʻshiq kuylashni boshlagan. 1991-yilda Rovinjdan Zagrebga koʻchib oʻtib, professional musiqa faoliyatini yoʻlga qoʻygan va tez orada Xorvatiyaning yetakchi pop yulduzlaridan biriga aylangan.
1994-yilda u „Nek’ ti bude ljubav sva“ qoʻshigʻi bilan Dublinda oʻtkazilgan „Eurovision-1994“ tanlovida Xorvatiya sharafini himoya qilgan.
Cetinski 2006-yilda boʻlib oʻtgan 10- Croatian Radio festivalida pop-rok yoʻnalishida barcha uchta mukofotni qoʻlga kiritdi: „HRF Grand Prix“ (pop-rok), „Tomoshabinlar mukofoti“ va „Musiqiy muharrirlar mukofoti“[1].
U shuningdek, makedoniyalik xonanda Toše Proeski bilan „Lagala nas mala“ duetini ijro etgan. Ushbu qoʻshiq Proeskining 2005-yilgi albomlarida ham joy olgan va keyinchalik DeeJay Time tomonidan remiks qilingan[2].
2009-yilda Cetinski „Ako to se zove ljubav“ qoʻshigʻi uchun „Porin mukofoti“da „Eng yaxshi erkak vokal ijrosi“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. Shu yili u Zagreb Arenada ikkita konsert oʻtkazib, 30 mingdan ortiq tomoshabinni jalb qilgan[3].
Shaxsiy hayoti
Tony Dubravkaga uylangan. U dindor Rim katolik hisoblanadi[4].
Diskografiyasi
- Samo srce ne laže (1990)
- Ljubomora I (1992)
- Ljubomora II (1993)
- Ljubav i bol (1995)
- Prah i pepeo (1996)
- A1 (1998)
- Triptonyc (2000)
- A sada... (2003)
- Budi uz mene (2005)
- Ako to se zove ljubav (2008)
- Da Capo (2010)
- Best of Tony Cetinski (2011)
- Opet si pobijedila (2012)
- Kao u snu (2018)
Manbalar
- ↑ „Hrvatski radijski festival - Novosti“ (hr). Croatian Radio Festival (2006-yil 3-iyun). — „Trostrukim pobjednikom proglašen je Tony Četinski, koji je u kategoriji pop rock glazbe osvojio nagradu za najbolju pjesmu od strane glazbenih urednika, zatim nagradu na osnovu glasova slušatelja te Grand prix nagradu. Grand Prix Četinski je osvojio s pjesmom “Sve je s tobom napokon na mjestu”.“. 2009-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-may.
- ↑ „Porin prošao u znaku hvalospjeva Dini Dvorniku“ (hr). Index.hr (2009-yil may). Qaraldi: 2010-yil 20-may.
- ↑ Aleksandar Dragaš.. „Tony Četinski pred punom Arenom potvrdio se kao kralj estrade“ (hr) (2009-yil 23-may). 2012-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-may.
- ↑ „TONI CETINSKI PRED TISUĆAMA KRŠĆANA Otkrio što će nas Bog pitati kad stanemo pred Njega“ (hr). Dnevno.hr (2019-yil 12-iyul). Qaraldi: 2020-yil 15-may.
Havolalar
| Vikiomborda „Tony Cetinski“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.