Tonal tillar
Tonal tillar — leksik va (yoki) grammatik maʼnolarni farklash uchun xizmat qiluvchi tonlarga ega boʻlgan tillar. Fonologik jihatdan ton — leksik va grammatik maʼnolarni farklash uchun qoʻllanadigan farqlovchi tovushiy vositalardan biri. Tonal tillar Jan.Sharqiy Osiyo (xitoy, Vyetnam, laos, birma tillari), Afrika (nilot tillari, kva, bantu va boshqa tillar) va Amerikada (mishtek, mashatek, trike va boshqa tillar) tarqalgan. Baʼzi Tonal tillar (mas., xitoytibet tillari)da tonlar, asosan, leksik maʼnodorlikka ega boʻlsa, boshqalarida grammatik farklarni (otlarda son yoki jins, feʼl zamoni, inkor va shu kabi) ham ifodalashi mumkin. Aksariyat Tonal tillar uchun tonlar va soʻz urgʻusining oʻzaro munosabati masalasi munozaralidir; baʼzi Tonal tillar uchun esa urgʻuning mavjudligi va vazifasi haqida ishonarli dalillar mavjud emas. Shuni aytish kerakki, urgʻu bir soʻzda birdan ortiq boʻlmaydi, ton esa bir soʻzda 4 tagacha (xitoy tili) boʻlishi mumkin.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.