Togʻa
| Togʻa | |
|---|---|
| Rejissyor(lar) | Rashid Malikov |
| Prodyuser(lar) | Farhod Usmonov |
| Ssenariy muallif(lar)i |
Rashid Malikov |
| Rollarda |
|
| Bastakor(lar) | Dmitiriy Yanov-Yanoviskiy |
| Operator(lar) | Umid Malikov |
| Studiya | "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi |
| Premyera sanasi |
|
| Davomiylik | 82 daqiqa |
| Mamlakat |
|
| Til | oʻzbekcha |
Togʻa — 1980-yillardagi jarayonlarni tasvirga olingan, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi, rejissor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan komediya, milodramma shaklidagi filmdir[1].
Syujeti
Filmda tasvirlangan voqealar oʻtgan asrning 80-yillarida Buxoro shahrida boʻlib oʻtadi. Otasiz oilada voyaga yetayotgan Sanjar yozgi taʼtil davrida togʻasining uyiga mehmonga borib, bir muddat u yerda yashaydi. Uning togʻasi — Jumash aka tabiatan quvnoq, hazilkash inson. Biroq turmush oʻrtogʻi bilan befarzandlikdan aziyat chekadi. Turli yumushlarda togʻasiga qarashgan Sanjar qatʼiyat, iroda, maqsad sari intiluvchanlik, mehnatsevarlik, halollik kabi fazilatlarni aynan togʻasidan oʻrganadi. Bu fazilatlar unga kelgusida yaxshi inson, mohir shaxmatchi boʻlib shakllanishida asosiy omil vazifasini oʻtaydi. Voqealar Sanjar ismli shaxmatchi yirik musobaqa oldidan uyushtirgan matbuot anjumanidan boshlanadi. Unda bir muxbir qiz shaxmatchidan Jumash ismli kishi haqida soʻraydi. Jurnalistning savoliga javoban Sanjar anjumandan soʻng boshidan oʻtkazgan voqealarni hikoya qilib beradi. Hikoyadagi voqealar oʻtgan asrning saksoninchi yillari oxirida Buxoroda boʻlib oʻtadi. Sanjar oʻshanda toʻqqiz yashar bolakay edi. Ota-onasi ajrashib ketgan. U yozgi taʼtil paytida Jumash togʻasinikiga mehmonga borib, u yerda bir muddat yashaydi. Togʻasi garchi quvnoq, hazilkash odam boʻlsa-da, yuragining bir chekkasi kemtik, farzandi yoʻq edi. Shu bois Jumash jiyanini har doim oʻzi bilan birga etaklab yuradi. U baʼzan nojoiz ishlarga ham qoʻl uradi. Lekin oxir-oqibat oʻz xatolarini tushunib etadimi-yoʻqmi, filmni tomosha qilish asnosida bilib olish mumkin.
Film ijodkorlari
- Postanovkachi rejissyor: Rashid Malikov
- Ssenariy muallifi: Rashid Malikov
Alisher Jumaniyozov - Postanovkachi operator: Umid Malikov
- Postanovkachi rassom: Mariya Soshina
- Mantaj Rejissori: Sherzod Shohalilov
- Bastakor: Dmitiriy Yanov-Yanoviskiy
- Ovoz Rejissori: Abduqahhor Karimov
Rollarda
- Bobur Yo‘ldoshev — Jumash
- Boris Gʻafurov — Sanjarning kattaligi
- Nigora Karimboyeva — Lola
- Abbos Nig‘monov — Sanjar
- Feruza Sobitova — Manzura
- Ali Choriyev — Buxgalter
- Ra’no Shodiyeva — Madina
- Ubaydulla Omon — Ota
- Behzod Hamroyev — Murod
- Zarina Nizmoddinova — Komila
- Vitaly Popetov — Goyko Tadich
Ishlab chiqarish
Togʻa filmi Rashid Malikov tomonidan suratga olingan boʻlib voqealar rivoji Buxoro shahrida boʻlib oʻtadi. Kino kartinada asosan 1980-yillardagi jarayonlar yoritish maqsad qilingan. Bu kartinada "Andijon polkasi" va polyak bastakori Mixail Oginskiyning „Oginskiy polonezi“ musiqi asarlaridan foydalanilagan[2]. 2014-yilning 9-aprealida Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida filmining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Shu yilning oʻzida esa Rossiya kinofestivalida qatnashib sovrindor ham boʻlgan[3].
Manbalar
- ↑ „1980-yillar haqida hikoya qiluvchi “Tog‘a” filmining premyerasi o‘tkazildi“. https://daryo.uz/. Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.
- ↑ RUSTAMOV, Abdulaziz „Bir film tahlili: “Tog`a”dan nimani o`rganamiz?“. https://darakchi.uz/oz. Darakchi.uz. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.
- ↑ BBC, O‘zbek xizmati „Rashid Malikov: "Qo‘limda bo‘lsa, xontaxta filmlarni man qilardim"“. https://www.bbc.com/uzbek. BBC News o'zbek. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.
| Filmga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.