Titsian
Titsian (asli Titsiano Vechellio, Tiziano Vecellio) (1476/77 yoki 1480-yillar, PyevediKadore, Venetsiya — 1576.27.8, Venetsiya) — italyan rassomi, Uygʻonish davri Venetsiya maktabining eng yirik namoyandasi. Oʻsmirlik davridan Venetsiyada. Jovanni Bellini ustaxonasida taʼlim olgan. Jorjone bilan yaqin boʻlgan, unga Venetsiyadagi binolarni devoriy rasmlar bilan bezashda yordam bergan (parchalari sakdangan). Asosan Venetsiyada, shuningdek, Paduya (1506), Mantuya (1536—37), Ferrara (1516— 23), Urbino (154244), Rim (154546) va Augsberg (1548,1550—51)da ishlagan. T. ijodida Uygʻonish davrining insonparvarlik gʻoyalari aks ettirilgan boʻlib, unint hayotbaxsh sanʼati serqirra, hayot voqealarini keng qamrovli qilib olishi, davrning dramatik voqealarini teran ochib berishi bilan ajralib turadi. Ilk asarlarida Jorjonening taʼsiri seziladi ("Iso va gunohkor ayol", "Iso va Magdalina", 1510-yillar boshi va boshqalar). 1510-yillar oʻrtalaridan Rafael va Mikelanjelo ijodini oʻrganganidan soʻng oʻzining mustaqil uslubini ishlab chiqdi: sokin va shodon obrazlari hayotbaxsh tuygʻularning yorqinligi, ichki nurlanganligi bilan alohida ahamiyatga ega ("Dunyoviy muhabbat va ilohiy muhabbat", taxminan 1515—16; "Flora", taxminan 1515; "Veneraning bayrami", 1518; "Tobutga qoʻyish", 1520 va boshqalar), diqqatini koʻproq monumental, koʻtarinki ruh va dinamika bilan ishlanadigan kompozitsiyalarga qaratgan ("Maryamning osmonga koʻtarilishi", taxminan 1515—18, SantaMariya Glorioza dei Frari cherkovida va boshqalar). Yakka va guruh portretlarida zamondoshlarini, ulardagi xislatlar (oʻziga ishonch, gʻurur, shubha, ikkiyuzlamachilik, yolgʻon va hokazo)ni oʻta sinchkovlik bilan tasvirlaydi, tasvirlanayotganlarning munosabatlari mohiyatini, holatdagi dramatizmni ayevsiz fosh qiladi, har bir obraz uchun oʻziga xos qiyofa, kiyim, holat, kompozitsiya, zamin tanlaydi: "Ippolito Medichi" (1532—33), "La bella" (taxminan 1536), "Papa Pavel III Alessandro va Ottavio Farneze bilan birga" (1545— 46), "Karl V" (1548) va boshqa
XVI asr oʻrtalaridan T. ijodining soʻnggi davri boshlandi, bu davrda u rangtasvirda mahorat choʻqqisiga koʻtarildi, mifologik va liniy mavzular talqinida ham chuqur teranlikka erishdi: "Danaya" (1554), "Venera va Adonis" (1554), "Yevropaning oʻgʻirlanishi" (taxminan 1559), "Tobutga qoʻyish" (1559), "Tavba qilayotgan Mariya Magdalina" (1560-yillar), "Avliyo Sebastyan", "Isoga motam" (1573—76) va boshqa T. koʻplab dadil rangtasvir usuli bilan ajralib turuvchi rasmlar yaratgan, shakl va manzaralar ularda yengil, aniq, mayin nursoya keskinligida bajarilgan. T. rangtasvirda yaratgan erkin ishlash usuli jahon rangtasvirining keyingi taraqqiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Turli davrlarda turli mamlakatlar rassomlari T. ijodiga muntazam murojaat qildilar, asarlarini sinchiklab oʻrgandilar (Veroneze, Tintoretto, N. Pussen, P. Rubens, D. Velaskes, Rembrandt, E. Delakrua, E. Mane va boshqalar).
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.