Tirnoq

Tirnoq, changal — barmoqlarni himoya qiluvchi shoxsimon tuzilma. Odam, maymun va chala maymunlar barmoqlari uchida hosil boʻladi. T. barmoq bolishi ustidan chiqqan erkin qism, tana va iddizdan iborat. T. oʻrnining ildiz va chuqurcha bilan qoplangan qismi matritsa deyiladi, shu matritsa hujayralarining koʻpayishi tufayli T. uchiga qarab astasekin oʻsib boradi. T. bir kechakunduzda oʻrta hisobda 0,1—0,2 mm oʻsadi; taxminan 100 kunda toʻliq yangilanadi. T. oʻsishi kishining yoshi, jinsi, organizmning umumiy holati va boshqa omillarga bogʻliq, mas., bolalar tirnogʻi kattalarnikiga nisbatan tezrok, yoki qishda yozdagidan sekinroq oʻsadi. Tirnoq 10–15 mm, eni 10–17 mm, qalinligi 0,30—0,37 mm, ayollarda kichikroq va yupqaroq boʻladi. Sogʻlom kishining tirnogʻi bir oz boʻrtib chiqqan, silliq, tiniq va rangeizdir.

Suvda va quruqlikda yashovchilar tirnogʻi epidermis shoxeimon qavatining qalinlashuvidan hosil boʻladi. Chin T. koʻpchilik sudralib yuruvchilarga, barcha qushlarga va talaygina sut emizuvchilarga xos. T. harakatlanishda yordam beradi, shuningdek, himoya va hujum organidir. Ayrim sut emizuvchilar (mas., otlar)da koʻrinishi oʻzgargan T. — tuyoq bor.

T. kasalliklariga kislota, ishqor taʼsiri, shikastlanish, infeksiya (bakteriya, zamburutlar) va boshqa sabab boʻladi. Onixiya va T.ni oʻrab turgan toʻqimaning yalligʻlanishi — paronixiya koʻproquchraydi. Paronixiya T. atrofida paydo boʻlgan "sochiq"lar, moddalar almashinuvi kasalliklari, mas., qandli diabet, shikastlanishlar okibatida kelib chiqadi. Turli kasalliklarda T.ning rangi oʻzgarib, moʻrt, uvalanuvchan boʻlib qoladi. Trixofitiya, mikrosporiya, epidermofitiya, kandidoz, kal zamburugʻlari T.ning zamburugʻ kasalliklarini vujudga keltirishi mumkin. Surunkali infeksion kasalliklar — sil, moxov; teri kasalliklari — psoriaz, ekzema, nafas yoʻli (bronxoektaziya), yuraktomir, ichki sekretsiya va nerv sistemasi kasalliklarida ham T. da oʻzgarishlar kuzatiladi. Poyabzal tor boʻlib, oyoq barmoklarini qisishi, T.larning zarbdan shikastlanishi oqibatida T. ichga usadi, bunda T. bolishi yalligʻlanadi. T.da oʻzgarishlar roʻy berganda mutaxassis vrachga uchrashish lozim.




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.