Thom Yorke
Thom Yorke | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
Thomas Edward Yorke 1968-yil 7-oktyabr |
| Janrlar | Alternativ rok, elektron musiqa |
| Faoliyat yillari | 1985-bugun |
| Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
| Turmush oʻrtogʻi | Dajana Roncione |
| Veb-sayt | http://www.radiohead.com/ |

Thomas Edward "Thom" Yorke (talaffuzi: Tomas Eduard York; 7-oktabr, 1968, Angliya) — Radiohead rok-guruhining solisti. U gitara va pianino va yana bir qancha musiqiy asboblarni chala oladi. Hozir Oksfordda Reychel Ouen va ikki ta bolasi - Noa (2001) va Agnes (2004) bilan yashaydi.
Biografiyasi
Radioheadgacha
Thomas Edward Yorke 1968-yil 7-oktabrda Vellingtonda dunyoga keladi. Chap koʻzida nuqson bilan tugʻilgan Tom York hayotining ilk 5 yilini jarroxxonalarda oʻtkazdi. Sinfdoshlari uni „Salamandr“ laqabi bilan chaqirishardi va ustidan kulishar edi. Queenning gitarachisi Brian Mayni televizorda koʻrib, unga havas qilib musiqachi boʻlishga qaror beradi. Birinchi gitarasini 7 yoshligida oldi. 10 yoshida maktabidagi bir guruhga qoʻshildi. 10 yoshida birinchi ashula yaratdi, nomi „Qoʻziqorin buluti“, unda yadro portlashining natijalari haqida gap ketadi. Keyinchalik York Exeter Universitetiga oʻqishga kirdi va bir ruhiy kasalliklar shifoxonasida sanitar boʻlib ishladi. Buning taʼsirini „Climbing up the walls“ („Devorlarga chiqmoqda“) ashulasida yaqqol koʻrish mumkin.
Radiohead
Radiohead guruhi juda muvaffaqiyatli faoliyat olib borishdi va dunyoning eng yaxshi rok guruhlari safiga kirdi. Yorke oʻz qoʻshiqlarida tehnologiya, sevgi va kasalliklarni kuylaydi. Thom va R.E.M. guruhining vokali Micheal Stipe yaqin doʻstlardir. Ikki guruh har doim bir birlarining konsertlarida sahna oladilar va ikkisi ham bir birining ashaddiy muhlisidir. Thomning gaplariga koʻra, Micheal unga koʻpincha ilhom berib turar edi. Ok Computer va Kid A albomlarining orasida Thom depressiyaga kiradi va Micheal uni depressiyadan qutqaradi. Nafaqat Thom balki Radioheadning butun aʼzolari Elvis Castello, R.E.M, Queen, Clinic, PJ Harvey, Bjork va Talking Heads guruhlarining ijodidan qattiq taʼsirlangan edilar. Radiohead bilan ishlari qanchalik koʻp boʻlsada, Yorke boshqa sanʼatkorlar bilan ham ishlashga vaqt topadi.U Bjork, PJ Harvey, James Lavella, Beck va DJ Shadow kabi sanʼatchilar bilan birga ishladi.
Solo Diskografiya
Havolalar
- www.radiohead.com Guruhning Rasmiy Sayti
- Talk in Maths: A Not Even Remotely Official RADIOHEAD FAQ (Wayback Machine saytida 2006-09-11 sanasida arxivlangan)
- Iqtiboslar kolleksiyasi (Wayback Machine saytida 2023-05-28 sanasida arxivlangan)
- andrewkendall.com Thomning rasm galereyasi (Wayback Machine saytida 2007-09-28 sanasida arxivlangan)
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.