The Diary of Alicia Keys

The Diary of Alicia Keys[1][2]
Alicia Keys albomi
Chiqarilgan sanasi 2003-yil 2-dekabr (2003-12-02)
Yozib olingan sanasi 2002-yilning oxiri — 2003-yil avgust
Studiya
Janr
Davomiyligi 57:45
Leybl J
Prodyuser(lar)
Alicia Keys xronologiyasi
Songs in A Minor
(2001)
The Diary of Alicia Keys[1][2]
(2003)
Unplugged
(2005)
The Diary of Alicia Keysga kiritilgan singllar
  1. „You Don't Know My Name“
    Chiqarilgan sana: 2003-yil 10-noyabr
  2. „If I Ain't Got You“
    Chiqarilgan sana: 2004-yil 23-fevral
  3. „Diary“
    Chiqarilgan sana: 2004-yil 24-may
  4. „Karma“
    Chiqarilgan sana: November 1, 2004 2004-yil 1-noyabr

The Diary of Alicia Keysamerikalik qoʻshiqchi Alicia Keysning ikkinchi studiyaviy albomi. U 2003-yil 2-dekabrda J Records tomonidan chiqarilgan. Albom bir nechta studiyalarda yozilgan. Jarayonni Keysning oʻzi boshqargan, unga Kanye West va Kerry Brothers Jr. yordam berishgan[3].

The Diary of Alicia Keys albomi relizidan soʻng musiqa tanqidchilarining ijobiy sharhlarini oldi. Albom ilk haftasida 618 000 nusxada sotilgan AQSh Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni egallagan. Bu albom Keysning Qoʻshma Shtatlardagi ketma-ket ikkinchi katta muvaffaqiyatli debyuti boʻlgan va uchta yuqori 10talikka kiruvchi qoshiqlarni oʻz ichiga olgan. The Diary of Alicia Keys muallifga uchta Grammy mukofotini olib kelgan. Albom Qoʻshma Shtatlarda besh milliondan ortiq va butun dunyo boʻylab sakkiz milliondan ortiq nusxada sotilgan.

Albom 2023-yilda oʻzining 20-yilligi munosabati bilan The Diary Of Alicia Keys 20 nomi ostida toʻqqizta qoʻshimcha trek bilan qayta nashr etildi. 66-yillik Grammy mukofotlari marosimida albom „Eng yaxshi immersiv audio albom“ nominatsiyasida gʻolib chiqdi.

Reliz va reklama

Keys 2004-yilda Consumer Electronics Showda ijro etmoqda

The Diary of Alicia Keysning reklamasi 2003-yil noyabr oyida Yevropada albom ishlab chiqarilishi tugashidan oldin boshlangan edi. Keys CD:UK va Top of Pops kabi telekoʻrsatuvlarda „You Donʼt Know My Name“ bosh singlini ijro etadi[4][5]. U 2003-yil 20-noyabrda Qoʻshma Shtatlarga, Vibe mukofotlari marosimida qoʻshiqni ijro etish uchun qaytib keladi, keyinroq 26-noyabr va 2-dekabrda Good Morning America dasturida chiqish qiladi[6][7][8][9].

Alicia Keys 7-may kuni Toyota kontsert seriyasida chiqish qilgandan soʻng Yevropa, Osiyo va Avstraliyadagi turli davlatlar va festivallarga tashrif buyurgan besh oylik xalqaro gastrol safarini boshlaydi[10]. The Early Showning yozgi konsert seriyasida „If I Ainʼt Got You“ va „Diary“ qoʻshiqlarini ijro etadi. Keys 2004-yil 15-sentyabrda World Music Awards, 2004-yil 14-noyabrda American Music Awards, va 2004-yil 8-dekabrda Billboard Music Awardsda „Karma“ qoʻshigʻini ijro etgan[11][12].

Manbalar

  1. „Diary of Alicia Keys“. United States (import): Amazon Music. Qaraldi: 2021-yil 13-sentyabr.
  2. Erlewine, Stephen Thomas „The Diary of Alicia Keys [Japan Bonus CD – Alicia Keys“]. AllMusic (2004-yil 30-avgust). Qaraldi: 2021-yil 13-sentyabr.
  3. Augustin, Camille (December 4, 2018). „15 Years Later: The Oral History Of Alicia Keys' 'Diary of Alicia Keys' Album“. Vibe. Qaraldi: January 2, 2019.
  4. „Alicia Keys – You Don't Know My Name – CD:UK 2003“. 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  5. „Alicia Keys – You Don't Know My Name (Live @ TOTP)“. 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  6. Moss, Corey „50 Cent Wins Big – And Shows Up – At Vibe Awards“. MTV (2003-yil 21-noyabr). 2021-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  7. „ALICIA KEYS PERFORMS ON GOOD MORNING AMERICA AT MARCUS GARVEY PARK IN NEW YORK New York.11/26/2003. / 2003.“. Alamy. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  8. „Dec. 2, 2003: Alicia Keys talks about her future aspirations“. Good Morning America (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  9. „Billboard Bits: Alicia Keys, Ween, OEMF“. Billboard (2003-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  10. „Alicia Keys performs live on the Plaza at Rockefeller center as part of NBC's Today Show Toyota Concert Series, in New York, on Friday, May 7, 2004.“. Alamy. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  11. „2005 Grammy Performances“. CBS News (2005-yil 13-fevral). Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  12. „Usher Nabs 11 Billboard Music Awards“. Billboard. December 9, 2004. Qaraldi: September 15, 2021.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.