Terlash
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Terlash (ter chiqishi) – organizmni sovitadigan fiziologik mexanizmlarning biri. Terlashda suv-tuz balansi saqlanadi (qarang Moddalar almashinuvi) va teri yuzasidan ter ajraladi. Terlash uzluksiz, asosan, reflektor tarzda boʻladi. Terlash refleksi retseptorlari teri, shilliq pardalar va muskullarda, Terlash markazi bosh miya, gipotalamus, uzunchoq va orqa miyada joylashgan. Termoregulyatsiya, ayniqsa, yuqori haroratda ogʻir mehnat qilinganda, Terlashning ahamiyati katta. Havo temperaturasi yuqori boʻlganda terlash organizmni issiqlab ketishdan saqlaydi. Odam tinch turganida temperatura normal boʻlganda terlagani bilinmaydi, lekin teridan suvning bugʻlanishi va terlash hisobiga sezilmaydigan darajada namlikning yoʻqolishi kuzatiladi (organizm bir kecha kunduzda oʻrta hisobda 500 ml ga yaqin suv yoʻqotadi). Atrof muhitning temperaturasi koʻtarilishi bilan ter bezlari va boshqa bezlar faoliyatining kuchayishi hisobiga odam koʻp terlaydi. Masalan, 50° dan yuqori temperaturada 1 soatda 2 l (litr)gacha ter ajraladi. Yuqori temperatura sharoitida organizmdagi suv zaxirasining oʻrni toʻldirilmasa ham suv ter bilan ajralaveradi. Bu esa organizmning suvsizlanishiga va koʻpchilik fiziologik funksiyalar (nafas olish, qon aylanishi va boshqalar)ning buzilishiga olib keladi. Uzoq vaqt yuqori temperaturaning taʼsir etishi va unga oʻrganish terlashni kamaytiradi. Shuning uchun issiq mamlakatlarda yashovchi kishilar terisi yuqori temperaturada ham quruq boʻladi. Terlash koʻp miqdorda issiq va achchiq ovqat isteʼmol qilinganda, suv ichilganda, jismoniy zoʻriqqanda, isitma koʻtarilganda, hayajonlanganda va boshqa holatlarda kuchayadi. Kishi hayajonlanganda (masalan, qoʻrqqanda) kaft, oyoq tagi terlaydi, shuningdek, peshonadan va gavdaning boshqa joylaridan ter chiqadi. Baʼzi odamlar koʻp terlaydi. Bunday kishilar, albatta, shifokorga murojaat etishlari kerak. Hech qanday sababsiz terlash biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.