Tartil

“Tartil” arabcha so‘z bo‘lib, Qur’onning o‘qilish sifatiga, kayfiyatiga va uni o‘rgatadigan ilmga nisbatan ishlatiladi. Bu ilm yana “tajvid”, “tilovat haqqi” kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu atama odatda Qur’onga nisbatan uni “toʻgʻri tartibda”, “shoshilmasdan” oʻqishni bildiradi.

Qur’oni karimda tartil

“Tartil” so‘zi Qur’onning “Muzzammil” nomli 73-surasi, 4-oyatida qo‘llanilgan:

"وَرَتِّلِ الْقُرْآنَ تَرْتِيلًا" “va Qur’onni tartil bilan (ya’ni dona-dona qilib) tilovat qiling!”

Bu oʻrinda tartil soʻzi “dona-dona qilib” deb tarjima qilingan. Shuningdek, bu atama Qur’onni Jabroil alayhissalom Muhammad alayhissalomga oʻqib bergan tarzda, toʻgʻri qiroat qilishni tushuntiruvchi qoidalarni belgilash uchun ham ishlatiladi.

Ma’nosi va amaliyoti

Qiroat qilayotganda so‘z va jumlalarning fasl (bo‘linishi) va vasl (qo‘shilishi)ni yodda tutish kerak. Ibn Kasirga koʻra, yuqoridagi oyatning tafsiri “Qur’onni sekin, harflarni tushunarli qilib o’qing” deganidir, chunki bu Qur’onning ma’nosini tushunish va mulohaza yuritishda yordamchi boʻladi”.

Toʻrtinchi xalifa Ali ibn Abu Tolibning ta’kidlashicha, tartil bu harflarni oʻz maxrajidan (tovush yoki intonatsiya chiqish joyi) chiqarib oʻqishdir. Soʻzlarni aniq va sekin, tushunib oʻqish va toʻgʻri talaffuz qilish muhim ahamiyatga ega. Qur’onni tushunib boʻlmaydigan va tinglovchini zeriktiradigan darajada tez oʻqimaslik, shu bilan birga qiroatni uzoq vaqt talab qiladigan va tinglovchilarni kechiktiradigan darajada sekin qilmaslik kerak[1].

Manbalar

  1. Мухаммад-‘Али Лесани Фешареки. „Тартил // Корановедение“ (deadlink). «Фонд исследований исламской культуры». 2014-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-iyul.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.