Talonchilik
Talonchilik — jinoyat huquqiga koʻra oʻzganing mulkini talontoroj qilish. T. oshkora yoki yashirin ravishda sodir etilishi mumkin. Agar aybdor jabrlanuvchilar yoki boshqa shaxslar koʻz oʻngida T. qilayotganligini va ular aybdorning harakatlari xususiyatini tushunayotganligini bila turib, talonchilikni amalga oshirsa, u oshkora deb hisoblanadi. Agar talontoroj qilinganligini odamlar sezmasalar yoxud buyum olinganligi faktini koʻra turib, uni qonuniy hisoblasalar va aybdor ham shunga umid qilgan boʻlsa, u holda T.ni oshkora deb tan olinishi mumkin emas. Yashirin ravishda boshlangan talontoroj baʼzan oʻzgalar mulkini ochikdanochiq egallashga aylanib ketadi. Bunday hollar, mulkni egallash jarayonida jinoyatchini sezib qolishganida, lekin jinoyatchi buni tan olmay oʻz harakatlarini davom ettirib, mulkni oshkora egallab olganda sodir boʻladi. T. mulkdorga mulkiy zarar yetkazishdek ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqaradi. Mulkni amalda egallab olish, yaʼni jinoyatchida talontoroj qilingan narsadan foydalanish imkoniyati paydo boʻlishi vaqtidan boshlab bu jinoyat tugallangan hisoblanadi.
T. uchun Oʻzbekiston Respublikasi JKning 166moddasida javobgarlik masalasi berilgan. Bunda T. ning kvalifikatsiya tarkibi sogʻliq va hayot uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatish, yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish kabi oʻziga xos belgini oʻz ichiga oladi. Xuddi jismoniy zoʻrlik kabi, jismoniy zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish orqali ruhiy zoʻrlik ham T.ning kvalifikatsiya belgisi hisoblanadi. T.da zoʻrlik mulkdorga, shuningdek, real holda yoki aybdorning fikricha, talontorojga toʻsqinlik qiluvchi boshqa shaxslarga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. Insonga nisbatan zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish T. turining mohiyatini oʻzgartiradi. Bunday hollarda jinoyat 2 obʼyektli boʻlib qoladi: mulk munosabatlari bilan birga sogʻliq, shaxsiy erkinlikni va badan daxlsizligini taʼminlovchi ijtimoiy munosabatlarga zarar yetadi yoki ularga bevosita xavf tugʻiladi.
Mirzayusuf Rustamboyev.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.