Taktak

Taktak (Hordeum bulbosum Torn.), xarduma, togʻarpa — boshoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, begona oʻt. Boʻyi 50—190 sm. Boshogʻi 6—13 sm, eni 6—7 mm, qalami, moʻrt. Ostki gul qipigʻining qiltigi 4— 6 sm, Taktakning yer osti qismi kichikroq piyozga oʻxshash tuganak hosil qiladi. May va iyun oylarida gullab, meva tugadi. Adir va togʻ yonbagʻirlarida, vohalardagi gʻalla ekinlari orasida va marzalarda, yoʻl yoqalarida oʻsadi. Pichanbop oʻsimlik hisoblanadi. Baʼzan doni oziq-ovqat uchun ishlatiladi. Poyasi tez dagʻallashgani va serqiltiqligi tufayli boshoqlagunga qadar oʻrib olinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida tarqalgan. Uning yagona hususiyati Abu Ali ibn Sino rak (saraton) ichki kasaliga davo sifatida foydalangan. Taktak oʻsimligini xalq orasida koʻpincha uni yovvoyi arpa deb ham yuritiladi. Qoʻllash usuli: quritilgan taktak oʻsimligini maydalanib choynikga solinadi keyin ustidan qaynoq suv quyiladi. 10-15 daqiqa davomida damlanadi. Keyin bir piyoladan 3 mahal ichiladi.




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.