Taehyun

Taehyun - 강태현
Fayl:Taehyun Singing at 2025 Concert 2.jpg
Tavalludi Kang Taehyun
2002-yil 5-fevral (2002-02-05) (24 yosh)
Seoul, Janubiy Koreya
Janrlar K-pop, hip-hop va pop musiqa
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • Qo'shiq muallifi
Faoliyat yillari 2019-yil – hozirgacha
Leybllar Big Hit Entertainment
Guruhlari Tomorrow X Together
Fuqaroligi Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Imzosi


Kang Tae-hyun (Korean: 강태현; 2002-yil 5-fevralda tugʻilgan), Taehyun nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. U 2019-yilda Big Hit Entertainment tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyalik yigitlar guruhi Tomorrow X Together aʼzosi hisoblanadi.

Hayoti va karyerasi

Taehyun 2002-yil 5-fevralda Janubiy Koreyaning Seoul shahrida tugʻilgan[1]. U Hanlim Multi Art Schoolda tahsil olgan[2] .

2019-yildan hozirgacha

Taehyun Tomorrow X Together guruhida ommaga tanishtirilgan toʻrtinchi aʼzo boʻlib, u Big Hit Entertainmentda uch yil davomida tayyorgarlikdan oʻtgan[3][4]. Guruh 2019-yil 4-mart kuni The Dream Chapter: Star nomli mini-albom bilan debyut qilgan[5]. Ushbu albom Gaon Album Chart va Billboard World Albums Chart reytinglarida birinchi oʻringa koʻtarilgan[6][7].

Hamkorlik ishlari

2022-yil fevral oyida esa u amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi Salem Ilesening „PS5“ nomli singlida, guruhdoshi Yeonjun hamda norvegiyalik DJ Alan Walker bilan birga ishtirok etdi[8].

2024-yil may oyida Taehyun yaponiyalik qoʻshiqchi va aktyor Tomohisa Yamashita bilan „Perfect Storm“ qoʻshigʻi ustida hamkorlik qildi. Ushbu qoʻshiq Fuji TVda namoyish etilgan „Blue Moment“ dramasida yangradi[9]. 18-noyabr kuni Taehyun va HueningKai ENA seriali Brewing Love uchun yaratilgan saundtrek sifatida „Canʼt Stop“ singlini chiqardilar[10]. 2025-yil 14-fevralda esa ushbu duet Netflix seriali Melo Movie uchun „Surfing in the Moonlight“ qoʻshigʻini taqdim etdi[11]. 10-iyul kuni Taehyun Jvkening „Butterflies“ nomli singlida Kim Chaewon bilan birga ishtirok etdi[12].

Boshlovchilik faoliyati

2021-yil yanvar oyidan may oyigacha Taehyun guruhdoshi HueningKai bilan birga EBS radiosining „Listen“ dasturini qoʻshimcha-boshlovchi sifatida olib bordi[13]. 2023-yil dekabr oyida Taehyun Academy Reincarnation nomli ilk shaxsiy veb-variety shousini olib bora boshladi. SK Broadband tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu shouda Taehyun turli akademiyalarga tashrif buyurib, yangi koʻnikmalarni oʻrganadi[14][15].


Manbalar

  1. Munson, Olivia „Meet Tomorrow X Together: A guide to the group's members, tour, awards and more“ (en-US). USA TODAY (2023-yil 9-may). Qaraldi: 2025-yil 5-iyul.
  2. Ko, Seung-ah „방예담→차준호까지…'12월 수능' 보는 2002년생 아이돌“ (ko). News1 (2020-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 5-iyul.
  3. Park, Hanbyul „'빅히트 신인 그룹' 투모로우바이투게더, 네 번째 멤버 태현 공개…"누가 꽃이야?"“ (ko). MBC (Munhwa Broadcasting Corporation) (2019-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 4-iyul.
  4. Bell, Crystal „TXT's Taehyun Is Ready for His Next Challenge“ (en). Paper (2021-yil 26-avgust). Qaraldi: 2025-yil 2-iyul.
  5. Yoon, So-yeon „TXT makes a long-awaited debut“ (en). Korea JoongAng Daily (2019-yil 4-mart). Qaraldi: 2025-yil 2-iyul.
  6. „Circle Album Chart – Week 10, 2019“ (ko). Circle Chart. Qaraldi: 2025-yil 4-iyul.
  7. „Tomorrow X Together Debuts at No. 1 on Emerging Artists, World Albums & World Digital Song Sales Charts“. billboard. March 15, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 4, 2025.
  8. Yeo, Gladys „Hear Salem Ilese's new single 'PS5', featuring TXT and Alan Walker“. NME (2022-yil 23-fevral). 2022-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  9. Kim, Eun-kyung „TXT 태현, 日 드라마 OST '야마시타 토모히사'와 가창“ (ko). JoongAng News (2024-yil 24-aprel). Qaraldi: 2025-yil 4-iyul.
  10. Choi, Ju-sung „TXT 미니 7집, 빌보드 앨범차트 2위…한국음반 6연속 '톱 5'“ (ko). Yonhap News (2024-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 14-avgust.
  11. Kang, Ga-hee „TXT 태현·휴닝카이, 오늘(14일) '멜로무비' OST 발매..동화 감성 가득“ (ko). Herald POP (2025-yil 14-fevral). Qaraldi: 2025-yil 21-iyul.
  12. Kaufman, Gil (July 10, 2025). „Jvke Teams Up With Le Sserafim's Kim Chaewon & Tomorrow X Together's Taehyun on Bubbly 'Butterflies' Single“. Billboard. Qaraldi: July 12, 2025.
  13. Chun, Yoon-hye „투모로우바이투게더, '경청' DJ 졸업..깜짝 노래 선물로 마지막까지 감동“ (ko). Herald POP (2021-yil 3-mart). Qaraldi: 2025-yil 4-iyul.
  14. Kang, Min-kyung „투모로우바이투게더 태현, 전생한 웹소설 남주 됐다…첫 단독 웹 예능 출연“ (ko). Ten Asia (2023-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 4-iyul.
  15. Kim, Chaeyoon „"Academy Reincarnation": Tomorrow X Together Taehyun Becomes a Student and Reviews the Academy“ (en). Weverse Magazine (2024-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 4-iyul.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.