Syuan Zang

Syuan Zang (taxminan 600-664) - xitoylik sayyoh, Budda dini rohibi. 627-yil Changanda hindistonlik buddist olim Poʻmidoʻlo bilan tanishib, uning taʼsirida Hindistonga borishga axd qiladi. Tan davlati hududidan boshlangan (629) S.S.ning safari Turk xoqonligi taʼsiri ostidagi yoʻllardan oʻtgan. Xesi yoʻlagi (koridori), Ivergʻul (hozirgi Qumul, xitoycha Hami) orqali Turfonga kelgan. Bu yerda u Turfon (Gaochan) davlati hukmdori xuzurida boʻlgan. S.S. Qorashar, Kuchar, Aqsu, Muzrat dovoni, Issiqkoʻl, Taroz (Suye), Choch, Samarqand, Buxoro, Temir darvoza (Temenguan), Afgʻonistonning shim. viloyatlari, Hindukush togʻlari orqali Hindistonga borgan (630). U yerda barcha buddizm madaniyati markazla rini, mashhur ibodatxonalarni ziyorat qiladi. Hindistonning shimoli-sharqidagi Nalanda (Nalanto) ibodatxonasida 5-yil tahsil oladi. 640-yil bu yerda 18 mamlakatdan kelgan vakillar ishtirokida oʻtkazilgan katta xalqaro anjumanda maʼruza qilib yirik buddaviy rohiblar qatoridan joy oladi. S. S. koʻp noyob kitoblarni olib 645-yil Changanga qaytib keladi. Tan hukmdori Li Shimin (627—650 yillarda Tayzung nomi bilan taxtni boshqargan) uni Loyangdagi saroyiga taklif qilib, Markaziy Osiyodagi mamlakatlar, xalqlar, iqtisodiy ahvol va harbiy kuchlar haqida suhbatlashgan hamda bu haqda batafsil yozma maʼlumot berishni topshirgan. Bu davrda Tan sulolasi Turk xoqonligiga qarshi kurash olib borayotgani tufayli bunday maʼlumotlar nihoyatda zarur edi.
S.S.ning yoʻl xotiralari asosida yozgan "Da Tang siyuji" ("Buyuk Tang sayohatnomasi") asari Markaziy Osiyo xalqlari tarixini oʻrganishda muhim manbadir. S. S. bundan tashqari oʻzi bilan Hindistondan keltirgan kitoblarni xitoy tiliga tarjima qilish bilan shugʻullangan. Maʼlumotlarga koʻra, u jami 1335 bobdan iborat boʻlgan 74 ta asarni tarjima qilgan. S.S. Changʼandagi "Yuyxua shi" ibodatxonasida vafot etgan.
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.