Stomatit
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Stomatit (yunoncha: stoma — ogʻiz, itis — yalligʻlanish) — ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining yalligʻlanishi. S. mustaqil kasallik holida kechishi, shuningdek, boshqa kasalliklar (qizamiq, qizilcha, fipp, kandidoz) belgisi boʻlishi mumkin. Yalligʻlanish tilda boʻlsa — glossit, milkda boʻlsa — gingivit deyiladi, bulardan har birining oʻziga xos belgilari bor. S. moddalar almashinuvi kasalliklari (avitaminoz, diabet), nerv va ichki aʼzolar kasalliklari, vitamin yetishmovchiligi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi oqibatida paydo boʻladi. Chekish, spirtli ichimliklarga ruju qilish, juda issiq yoki juda sovuq, nordon va shoʻr ovqatlar yeyish ham S.ga sabab boʻlishi mumkin. Ayrim dorilarga nisbatan sezuvchanlik ortganda, xususan, oʻzoʻzini davolaganda, balogʻatga yetish davrida, aql tish chiqishi qiyinlashganda (qarang: Tish) ham S. roʻy beradi.
S. shakllari har xil boʻlishiga karamay, ularning umumiy oʻxshash belgilari bor: ogʻiz boʻshligʻining shilliq qavati qizaradi, atrofidagi toʻqimalar shishadi, bezillab turadi, jagʻ osti limfa bezlari kattalashadi va boshqa S oʻtkir va surunkali kechadi.
S.ning kataral, yarali nekrotik va aftoz xillari farq qilinadi. Ayrim dori moddalarining yoqmasligi oqibatida, shuningdek, kimyoviy moddalar taʼsirida medikamentoz S, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining oʻtkir kesuvchi narsalar, chirigan tish chekkasi, notoʻgʻri qoʻyilgan tish protezidan jarohatlanishi natijasida travmatik S. paydo boʻladi; travmatik S.ning Bednar aftasi (chaqaloqlar aftasi) shakli chaqaloqlarda kuzatiladi. S.ning oldini olish uchun chirigan tishlarni va organizmning umumiy kasalliklarini oʻz vaqtida davolash, shilliq qavatning yalligʻlanishiga sabab boʻladigan omillarni bartaraf etish lozim.
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.