Srimanthudu

Srimanthudu
Rejissyor(lar) Koratala Siva
Prodyuser(lar)
  • Naveen Yerneni
  • Yalamanchili Ravi Shankar
  • Mohan Cherukuri (CVM)
Ssenariy
muallif(lar)i
Koratala Siva
Rollarda
Bastakor(lar) Devi Sri Prasad
Operator(lar) R. Madhi
Montajyor(lar) Kotagiri Venkateswara Rao
Studiya
Distribyutor Eros International
Premyera
sanasi
Davomiylik 158 daqiqa[1]
Mamlakat Hindiston bayrogʻi Hindiston
Til Telugu
Byudjet
Daromad Andoza:Estimation₹200 crore[4]

„Srimanthudu“ (telugucha: శ్రీమంతుడు; tarjimasi „Boyvachcha“) — 2015-yilda rejissyor Koratala Siva tomonidan suratga olingan telugu tilidagi jangari-drama janridagi hind filmi. „Mythri Movie Makers“ va „G. Mahesh Babu Entertainment“ studiyalari mahsuloti boʻlgan ushbu kartinada bosh rollarni Mahesh Babu, Shruti Haasan, Jagapathi Babu va Rajendra Prasad ijro etgan. Ikkinchi darajali rollarda esa Sampath Raj, Mukesh Rishi, Sukanya va Harish Uthaman koʻrinish bergan. Film jahon prokatiga „Eros International“ kompaniyasi tomonidan chiqarilgan.

Syujeti

Harsha Vardhan – ulkan biznes imperiyasi merosxoʻri boʻlib, u dabdabali hayotga qiziqmaydi. Tasodifan Charuseela ismli qiz bilan tanishib qolgan Harsha, unga yaqin boʻlish maqsadida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish kursiga oʻqishga kiradi. Charuseela bilan suhbatlardan soʻng, Harsha qishloqlarni rivojlantirish muhimligini anglab yetadi.

U Charuseelaning ona qishlogʻi – Devarakotaga yoʻl oladi. U yerda Harsha qishloqning ayanchli ahvolini, tabiiy boyliklarning mahalliy siyosatchilar – Ratnam va uning ukasi Sashi tomonidan talon-toroj qilinayotganini koʻradi. Harsha butun qishloqni oʻz vasiyligiga olishini („adopt“ qilish) va uni obodonlashtirishini eʼlon qiladi.

Voqealar davomida Harshaning otasi Ravikanth ham asli shu qishloqdan ekani va yillar avval xuddi shu kimsalarning fitnasi tufayli qishloqdan ketishga majbur boʻlgani ayon boʻladi. Harsha qishloq infratuzilmasini yaxshilash bilan birga, adolatni tiklash uchun kurashadi. Film yakunida u qishloq aholisining hayotini yaxshilab, Charuseela bilan birga qishloqda qoladi.

Rollarda

Izohlar

  1. Deccan Chronicle estimates the film's budget to be 60 crore.[2] Indo-Asian News Service estimates the film’s budget to be 70 crore.[3]

Manbalar

  1. SRIMANTHUDU (12A)“. British Board of Film Classification (2015-yil 10-avgust). 2015-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-avgust.
  2. Kavirayani, Suresh „Srimanthudu crosses Rs 150 crore“. Deccan Chronicle (2015-yil 3-sentyabr). 2015-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  3. „Mahesh Babu's 'Srimanthudu' to release as 'Selvandhan' in Tamil“. The Indian Express. Indo-Asian News Service (2015-yil 25-iyul). 2015-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-iyul.
  4. „Mahesh Babu gifts swanky car to director Koratala Siva“. Business Standard. Qaraldi: 2025-yil 19-aprel.

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.