Sodalit

Sodalit — sinchli alyumosilikatlar kichik sinfiga mansub mineral. Na8(Al6Si6O24)Cl2. Kimyoviy tarkibi Na2O—25%, Al2O3—31%, SiO2—37%, Si— 7%. Kub singoniyada kristallanadi. Donador agregatlar hosil qiladi, nefelin kristallari atrofida hoshiya koʻrinishida boʻladi. Rangi moviy, sargʻish, yashilboʻz, baʼzan pushti. Qattikligi 5,5—6, zichligi 2,3—2,5 g/sm³. Moʻrt. S. ishqorli magmatik, asosan, effuziv jinslarning birlamchi mineralidir. Qoʻshimcha anionlari tarkibida neogen, gayuin, lazurit va boshqa bor. Oʻzgarishlar natijasida natrolitga, kamroq seritsit, diaspor, gidroargillit va hokazoga aylanadi. Natriysi koʻp ishqorli togʻ jinslarida nefelin hisobiga hamda kontaktmetasomatik karbonatlarda hosil boʻladi. Turlari: gakmanit, molibdosodalit (MoO3 2,8% gacha), gidroslyudit, bunda xlorning bir qismi (OH)ga aralashgan boʻladi. Oʻrta Osiyo, Kavkaz (Armaniston), Ukraina, RF (Ural, Krasnoyarsk oʻlkasi), Norvegiya, Kanada va boshqa joylarda tarqalgan. Bezak toshi.




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.