Smorodina

Smorodina yoki qoraqat (Ribes) qoraqatdoshlar oilasiga mansub butasimon koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, rezavor mevadir. Vatani — Yevropa. Sning Yevrosiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikaning sovuq va moʻʼtadil, Afrikaning muʼtadil mintaqalarida oʻsadigan 150 yovvoyi turi bor. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada ekiladi. Oʻzbekistonda R. janczewskii A. Pojar (Yanchevskiy Si), R. meyeri Maxim (Meyer Si), togʻli hududlarda butazorlar orasida; soylarda, tog yon bagʻirlarida yovvoyi holda oʻsadi. Sning qora (R. nigrum L), qizil S. (R. rubrum), tillarang S. (R. aureum) va boshqa turlari ekiladi. Novdalari silliq, baʼzan, tikanli, bargi bandli, gullari mayda, yangi oʻsib chiqqan novda koʻltigʻida paydo boʻlgan gulining rangi oq, toʻpguli shingil. Mevasi mayda, yumaloq, shingilli, baʼzan donadona, bandidan oson uziladi. Taʼmi shirin, nordon. Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi, undan murabbo, jem, sharbat, vino va boshqa tayyorlanadi.

Koʻproq qora S. ekiladi. Mevasi avgust— sentabrda birinketin pishadi. Tarkibida 4,5—12,8% kand, 2—4,5% limon va olma kislotalar, 80–100 mg% xushboʻy moddalar, kalsiy, fosfor va V, vitaminlari, pektin moddalari mavjud. S. koʻk qalamchalaridan va parhish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Koʻchati oʻtqazilgach, 2-yili hosilga kiradi. Oʻzbekistonda simbagʻazlarga koʻtarib oʻstiriladi. Hosil shoxlari 1—3 yil yashaydi. 6—7 yillik shoxlari kesib tashlanadi. 18—20° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Qattiq sovuqlarga chidamli. Namsevar, tuproq unumdorligiga talabchan. S. oziq moddalarga boy, sernam, suvni yaxshi oʻtkazadigan, yer osti suvlari kamida 1,5 chuqurlikda boʻlgan yerlarda yaxshi oʻsadi. S. koʻchatlari erta bahorda yoki kuzda kagor oraligi 2,5 m, tup oralari 1 — 1,5 m sxemada ekiladi. Yoz davomida qator oralari yumshatiladi, 6—12 marta sugʻoriladi. Har tupidan 6–8 kg dan hosil olinadi.

Oʻzbekistonda Bogʻdorchilik, uzumchilik, vinochilik ilmiy tadqiqot institutida qattiqetli, Oʻzbekiston navlari chiqarilgan (1959).

Kasalliklari : antraknoz, zang; zararkunandalari: barg, novda, gʻuncha gallitsalari, smorodina kurtak kanasi, bitlar, qalqondorlar.

Adabiyot

  • Abdullayev R., Yagudina S, Tomorqada yetishtiriladigan rezavor mevalar, T., 1989.




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.