Slavyanlar
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Slavyanlar — kelib chiqishi bir va tillari oʻzaro yaqin boʻlgan Yevropa xalqlarining eng yirik guruhi. Uning tarkibiga; sharqiy Slavyanlar (ruslar ukrainlar, beloruslar); gʻarbiy Slavyanlar (polyaklar, chexlar, slovaklar, lujichanlar); janubiy Slavyanlar (bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, makedonlar, bosniyaliklar, chernogoriyaliklar) kiradi. Umumiy soni 293,5 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari), shu jumladan, Rossiya Federatsiyasida 125,5 mln. kishi. Slavyan tillfarida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, katoliklar, bir qismi protestantlar. Slavyanlar haqida qad. maʼlumotlarga koʻra, ular mil, I—II asrlarda venedlar nomi bilan maʼlum boʻlgan. VI asr oʻrtalarida Prokopiy, Iordan va boshqalarning asarlarida uchraydi. VII asrning 2-yarmida Slavyanlar arab muallifi Abu Malik alAxtalning asarlarida tilga olingan. Slavyanlarning ajdodlari — slavyan qabilalari hindevropa tillari oilasiga mansub tillarda soʻzlashgan. Ular bodrich, lyutich, polyan, severyan, krivich, ulich, duleb, tiver, xorvat, radimich, dregovich, vyatich va boshqa qabilalardan iborat. Mil. II—IV asrlarda german qabilalari (gotlar, gepidlar)niig jan.ga siljishi oqibatida Slavyanlar yashagan hudud 2 qismga boʻlinib ketgan. Bu voqea Slavyanlarni sharqiy va gʻarbiy guruhlarga boʻlinishida katta rol oʻynagan. V asr oxirida gunnlarning kuchsizlanishi oqibatida Slavyanlar jan. ga siljiy boshlagan. Ular Dunay daryosi, Qora dengizning gʻarbiy sohillari, Vizantiyaning Bolqon yarim oroldagi viloyatlariga kirib borgan. Shu tariqa Slavyanlarning jan. guruhi vujudga kelgan. Janubiy Sda ilk davlat — Birinchi bulgʻor podsholigi, gʻarbiy Sda Samo davlati, keyinchalik Buyuk Moraviya saltanati tashkil topgan. X asrda Odra va Visla oʻrtasida Polsha, IX—X asrning 1-yarmida markazi Kiyev sh. boʻlgan Kiyev Rusi davlati vujudga kelgan. Davlatlarning paydo bulishi slavyan xalqlarining shakllanishiga imkon bergan.
Slavyan xalqlarining uz milliy davlatidan mahrum boʻlishi (jan. va gʻarbiy Slavyanlarning katta qismi Avstriya, keyinroq Avstriya-Vengriya va Usmonli turk imperiyasiga qoʻshib olingan), milliy taraqqiyotidagi qiyinchiliklar, ogʻir iqtisodiy ahvol XIX asrning oxiri — XX asrning boshida ularning Yevropa mamlakatlari, AQSH va Kanadaga koʻchishiga sabab boʻlgan. Janubiy va gʻarbiy Slavyanlar oʻrtasidagi milliy harakat, RossiyaTurkiya urushi, Birinchi Bolqon urushi (1912)dagi Avstriya-Vengriyaning magʻlubiyati natijasida Slavyanlarning etnik hududlari qaytadan birlashtirshgan.
Slavyanlar dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.