Silindr
Silindr (qadimgi yunoncha: κύλινδρος — val, gʻal-tak):
Matematikada

Silindrik sirt va ikkita parallel tekislik bilan chegaralangan jism. Parallel tekisliklarning silindrik sirt bilan chegaralangan qismlari silindrning asoslari deb ataladi. Agar silindrning asoslari doiralardan iborat boʻlsa, bunday silindr doiraviy silindr deyiladi. Silindrni chegaralovchi silindrik sirtning parallel tekisliklar orasidagi qismi silindrning yon sirti deyiladi. Agar silindrik sirt yasovchilari Silindr yasovchisiga perpendikulyar boʻlsa, u toʻgʻri Silindr deb ataladi.
Texnikada
Mashina va mexanizmlarning mexanik ish energiyasini suyuqlik yoki gazning bosim energiyasiga yoki, aksincha, aylantirib beradigan detali. Ichki silindrik boʻshligʻida porshen yoki plunjer harakatlanib, porshenning goh u tomonidagi, goh bu tomonidagi boʻshliq hajmini oʻzgartirib turadi. Agar porshenning faqat bir tomonidagi boʻshliqsan foydalaniladigan boʻlsa, silindrning bir tomoni qopqoq bilan berkitiladi, agar ikkala tomonidagi boʻshliqdan foydalaniladigan boʻlsa, ikkita qopqoq va porshenni polzunga tutashtiruvchi shtok koʻzda tutiladi. Gidravlik (suyuklikli) va pnevmatik (havoli) yuritmalarda (metall kesish stanoklari, presslar, koʻtargichlarda), shuningdek, baʼzi porshenli mashinalarda silindr alohida detal tarzida qilinadi. Koʻp silindrli porshenli mashinalar (ichki yonuv dvigatellari va boshqalar)da koʻpincha silindrlar umumiy blokka birlashtiriladi. Bunda silindrlar bir qator (qatorli dvigatel), maʼlum burchak ostida (V-simon dvigatel) yoki roʻparama-roʻpara (oppozit dvigatel) joylashtiriladi. Aylanma harakatlanuvchi nasoslar va gidromotorlarda silindr koʻpincha oʻqqa radial yoki parallel ravishda rotorta joylashtiriladi.
Avtomobillarning ichki yoruv dvigatellari silindrlarida bevosita yonilgʻi yonganda hosil boʻladigan gazlarning kengayish bosimidan foydalaniladi. Silindr ichida porshen ilgarilama-qaytma harakatlanib turadi. Krivoship-shatunli mexanizm porshenning ilgarilamaqaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi.
Yana qarang
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.