Siklon

Siklon (yunoncha: kyklon — aylanuvchi) — atmosferaning past bosimli oblasti. Asosan, ikki xil havo massasi chegarasida (havo frontida) yuzaga kelib, S. markazida havo bosimi eng past, chekkalarida yuqori boʻladi. Shamol atrofdan S. markazi tomon esadi. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi taʼsirida shamollar Shimoliy yarim sharda soat strelkami harakati yoʻnalishiga teskari, Janubiy yarim sharda soat strelkasi yoʻnalishida harakatlanadi. S. markazida bosim 950—960 mbar, baʼzida 920—930 mbar boʻladi. Past bosimli oblastni oʻrab turgan izobaralar diametri bir necha yuz km dan 2—3 ming km. gacha yetadi. Ana shu maydonda havo aylanma harakat qiladi. Kuchli shamollar esib, tezligi 20 m/sek. va hatto 30 m/sek.dan ham oshadi. Havo S. markaziy qismidan yuqoriga harakat qilgani uchun unda kupincha havo bulutli boʻladi. Havo uyurma harakat qilganidan S.ga Yerning turli kengliklaridan har xil havo massalari oqib keladi. Shuning uchun ham havo temperaturasi turli qismlarida turlicha boʻladi. Shimoliy yarim sharda S.larning old tomonida shamollar jan., jan.-gʻarbdan esgani uchun havo iliq boʻladi, atmosfera bosimi pasayadi, havoda budut koʻpayib, yogʻin yogʻadi. S. markazi oʻtgandan keyin shim. va shim.gʻarbdan sovuq shamol keladi. Qishda yomgʻir qorga aylanib, antitsiklon boshlanadi. Tropiklardan boshqa joylarda yogʻinning asosiy qismi aynan S.da yogʻadi. Shakllanishining dastlabki boskichida S. troposferaning quyi qisminigina oʻz ichiga oladi. Yetilgan S. butun troposferani qamrab olishi va hatto stratosferaning quyi qismiga tarqalishi mumkin. S.lar moʻʼtadil mintaqalarda, asosan, gʻarbdan sharqqa harakatlanadi. S.ning oʻrtacha tezligi 30–45 km/soat, baʼzida a 100 km/soatga yetadi. S. oʻtgan hududda atmosfera bosimi va shamol bilan birga havo temperaturasi, namligi, bulut va yogʻin miqdori ham oʻzgaradi. Tropik kengliklarda vujudga keladigan tropik siklonlar diametri kichikroq (100–300 km), markazida bosim 950 mbar, baʼzan 900 mbardan ham past boʻladi. Shu sababli bunday Slarda bosim farqi juda katta boʻlganidan kuchli shamollar — dovullar esadi (qarang Toʻfon). Shamolning nihoyatda tez esishi va koʻp yogʻin yogʻishi oqibatida dengizlarda kuchli toʻlqinlar koʻtariladi, quruklikda katta vayronagarchiliklarga sabab boʻladi. Oʻzbekistonga Atlantika okeanidan keladigan S.lar qishda iliq, yomgʻirli, qorli ob-havo keltiradi.

Manbalar




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.