Shemaxa
Shemaxa (ozarbayjoncha: Şamaxı, arabcha: Ash-Shamahiya) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar. Katta Kavkazning jan.sharqiy etagida, Bokudan 122 km gʻarbda, Kyurdamir temir yoʻl stanskyasidan 72 km shim.sharqda joylashgan. Respublikaning vinochilik va gilamchilik markazi. Aholisi 24 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari).
SH. — Ozarbayjonning eng qadimiy shaharlaridan. Arxeologik qazishmalar natijasida shaharning shim.gʻarbiy qismida mil.av. 5—IV asrlarga oid manzilgoh topildi. Ptolemey ( II asr) shahrini Shemaxiya deb tilga olgan. 9— XVI asrlarda shahar Shirvon mulkining poytaxti va Shirvonshohlar qarorgohi. Sh. shirvonapsheron meʼmorligi, shuningdek, amaliy sanʼat (gilam toʻqish, oʻymakorlik, misgarlik va boshqalar) va miniatyura markazlaridan boʻlgan. Shahar karvon yoʻllarining chorrahasida joylashgan, shu bois Yaqin Sharqda yirik savdohunarmandchilik markaziga aylangan, xalqaro ipak savdosida muhim oʻrin tutgan. shahrida ozarbayjon, eron, arab, oʻrtaosiyolik, rus, hind va gʻarbiy yevropalik savdogarlar savdosotiq qilganlar. Shaharda ularning faktoriyalari boʻlgan. Koʻplab ipak va ip gazlama ishlab chiqarish va gilam toʻqish ustaxonalari ishlab turgan. 1222 yilda shahrini moʻgʻullar uzoq vaqt qamal qilib egallagach, vayron qilgan. shahrida A.Jenkinson (1562, 1565) boʻlgan. XVIII asr oʻrtasidan Sh. Shemaxa xonligi poytaxti. 1805-yil Rossiya qoʻshinlari egallagan. 1991-yildan mustaqil Ozarbayjon tarkibida.
shahrida Ozarbayjon madaniyatining mashhur arboblari (olimlar, shoirlar, meʼmorlar)dan Xoqoniy Shirvoniy (12asr), Zayniddin Shirvoniy (XIII asr), Imodiddin Nasimiy (XIV asr oxiri — XV asr boshi), Nishot Shirvoniy (18asr), Hoji Zaynalobiddin Shirvoniy (XVIII asr), Said Azim Shirvoniy (XIX asr), M.A.Sobir (XIX asr oxiri — XX asr boshi) va boshqalar yashab ijod qilganlar. Meʼmoriy yodgorliklardan Jomeʼ Masjid (X asr), Shirvonshohlar saroyi (XII asr), karvonsaroylar (XVII asr) ning ayrim qismlarigina, "Yetti gumbaz" maqbarasi xarobalari saqlanib qolgan. Sh. 1820 yilda qayta tiklangan. Shahridan 22 km shim.gʻarbda 1435 m balandlikda Shemaxa astrofizika rasadxonasi joylashgan. Sh. yaqinida mashhur oʻrta asr qalʼalari Guliston va QalʼaiBugurd bor.
Adabiyot
- Azerbaydjan (Istoricheskiye i dostoprimechatelniye mesta), Baku, 1960.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.