Shaxta

Shaxta, shaxta stvoli – kon ishlarini bajarish uchun, yer yuzasiga chiqish yoʻliga ega boʻlgan, yer ostidagi tik yoki nisbatan qiya, koʻndalang kesimi uncha katta boʻlmagan (4,5x6,5 m gacha) kon inshooti. Shaxtalar liftlar, izli yoki konveyerli transportlar bilan, qurilish paytida esa paqirlar bilan jihozlanadi. Shaxtalarning koʻndalang kesimi dumaloq, baʼzan toʻgʻri burchakli, kamdankam elliptik shaklda boʻladi. Nisbatan qiya shaxta stvollari toʻgʻri burchakli, ravoq shaklida va dumaloq boʻlishi mumkin. Shaxta devorlari beton, temirbeton, katta hajmli temir va choʻyan gardishlar bilan mustahkamlanadi. Shaxta stvoli odamlarni tushirib-chiqarish, mustahkamlovchi yogʻochlarni tushirish, rudaga aralangan—keraksiz jinslarni chiqarib olish va shaxtani shamollatish, yer osti suvlarini chiqarish va razvedka maqsadlari uchun kavlanadi. Shaxta stvoli turlaridan – yer yuzasiga chiqish yoʻliga ega boʻlmagan (koʻr stvol), shaxtaning past qismidan yuqori qismiga foydali qazilmalarni tashib beruvchi tik kon inshooti mavjud. Shaxtalarning xizmat koʻrsatish muddati katta konlarda 50—70 yilga yetadi. Dunyoda eng chuqur Shaxtalar (chuq. 4— 4,5 km) Hindiston („Chempion Rif“ shahrisi)da va JAR („Vitvatersrand“ va boshqalar)da mavjud. U yerdan oltin, kumush va olmoslar qazib chiqariladi.





Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.