Shajara

Shajara (arab. – daraxt) – kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmogʻi – genealogiya fani oʻrganadi. Podsholar, hukmdorlar, afsonaviy qahramonlar nasl-nasabiga qiziqish qadim zamonlardanoq boʻlgan, lekin oʻrta asrlarda Shajara imtiyozli tabaqalarning paydo boʻlishi va ularning avlod-ajdodlarini rasmiylashtirishga qiziqishning kuchayishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Bu, oʻz navbatida, XV asrdan boshlab Shajara oʻrtasidagi nikoh aloqalari haqida guvohlik beruvchilarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Shu davrlarda urugʻ yoki bir-biriga yaqin bir necha urugʻ aʼzolarining nasl-nasabiga oid bir necha daftarlar tuzila boshlagan. Osiyo mintaqasiga oid dastlabki yirik asarlar XV—XVII asrlarda paydo boʻlgan. Ayniqsa, Abulgʻoziy Bahodirxonning „Shajarayi turk“ va „Shajarayi tarokima“ asarlari XIII—XVII asrlardagi moʻgʻul va turk urugʻlari, hukmdorlari haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Oʻrta Osiyoda nasab daftariga xoʻjalar, saidlar va boshqalar ega boʻlib, bu hujjatlar ularning paygʻambar, sahobalar, tarxon, beklar naslidan kelib chiqqanligini koʻrsatuvchi dalil sifatida, shuningdek, soliq toʻlash, xalq hasharlariga chiqish va boshqa ishlarda alohida imtiyozga, umuman jamiyat hayotida yuqori mavqega ega boʻlishi uchun xizmat qilgan. Shajara hujjatlari dastlab shaxsning siyosiy mavqeiga koʻra, guvohlar ishtirokida hukmdorlar huzurida tuzilgan va uning muhri bilan tasdiqlangan. Keyinchalik hukmdorlar avvalgi muhrlarni koʻrib tasdiqlab beraverishgan.[1]

Manbalar

  1. „Shajara“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Sh-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.