Setos

Setos
setokõsõq
setukesed

Radaja Seto festivali paytida Setos ayoli
Jami aholi soni
12,800
Eng koʻp tarqalgan hududlari
Setomaa
Rossiya 234 (2020)[1]
Estoniya 12,500
Tillari
Seto, eston, rus
Dini
Sharqiy pravoslav va mahalliy eʼtiqodlar

Setos (setocha: setokõsõq, setoq; estoncha: setukesed, setud) – hozirgi Estoniya va Rossiya oʻrtasidagi chegara hududlarida yashab kelgan xalq. Setoslar tarixan Seto tilida gaplashgan va pravoslav nasroniylar boʻlgan[2]. Seto tili Ural tillari oilasining fin guruhiga kiradi. 2000-yillarning boshidan boshlab, Setos xalqi oʻz tillarini eston tilining lahjasi deb hisoblash oʻrniga, koʻproq mustaqil til sifatida eʼtirof etishga intildi.

Setos xalqining ota-bobolariga tegishli boʻlgan uylarni Setomaa mintaqasida, Peipus koʻlining janubida topish mumkin. 1991-yildan keyin bu hudud Estoniya va Rossiya Federatsiyasi tomonidan boʻlib olingan.

Etnik kelib chiqishi va rivojlanishi

Seto xalqining aniq kelib chiqishi nomaʼlum boʻlib, Piusa daryosi atrofidagi Setomaa hududida paydo boʻlgan degan taxminlar mavjud. Bu yer Fin xalqlari va Baltlar oʻrtasidagi talash hudud boʻlgan[3].

Setos xalqi XX asrning boshlarida madaniy jihatdan ancha rivojlandi. 1905-yilda setoslar soni eng yuqori choʻqqisiga chiqdi. Estoniya mustaqilligi eʼlon qilingandan soʻng esa hukumat setos xalqini estonlashtirish siyosatini qabul qildi va bu qaror oxir-oqibat setoslarning Estoniya tarkibidagi oʻziga xos jamoa sifatida shakllanishiga olib keldi.

2002-yilda boʻlib oʻtgan oltinchi Seto Kongressida Setoslar oʻzlarini alohida guruh sifatida eʼlon qilishdi. 2011-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida Estoniyadagi 12,500 ga yaqin Seto tilida soʻzlashuvchi aholining deyarli uchdan ikki qismi tarixiy Seto mintaqalaridan tashqarida yashashi aniqlandi[2]. Natijada, Setos xalqining ikkita alohida guruhi paydo boʻldi. Birinchisi Setomaadan koʻchib oʻtgan hamda jamoaviy va diniy jihatdan oʻziga xoslikni saqlab qolganlar boʻlsa, ikkinchi guruh Setomaadagi eski hududlarda yashashni davom ettirayotgan Seto xalqi edi[3].

Galereya

Manbalar

  1. „Росстат — Всероссийская перепись населения 2020“. rosstat.gov.ru. 2020-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  2. 2,0 2,1 Kalkun, A., Kupari, H., & Vuola, E. (2018). Coping with Loss of Homeland through Orthodox Christian Processions: Contemporary Practices among Setos, Karelians, and Skolt Sámi in Estonia and Finland. Practical matters, 11. http://practicalmattersjournal.org/2018/06/11/coping-with-loss-of-homeland-2/
  3. 3,0 3,1 Laur, Kadri. Identity and Heritage on a Changing Border: The Estonian Seto Case. 2022. Uppsala University Campus Gotland, Master’s Thesis in Conservation. DiVA, https://www.diva-portal.org/smash/record.jsf?pid=diva2%3A1670368&dswid=-6689

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.