Service model
|
| |
| Muallif(lar) | Adrian Tchaikovsky |
|---|---|
| Mamlakat | Buyuk Britaniya |
| Til | inglizcha |
| Janr(lar)i | Ilmiy fantastika, satira |
| Nashr etilgan sanasi | 2024-yil 4-iyun |
| Nashriyot | Tordotcom |
| Sahifalar soni | 373 (qattiq muqovali) |
| ISBN | 9781250290281 |
Service model — britaniyalik yozuvchi Adrian Tchaikovsky qalamiga mansub 2024-yilda chop etilgan satirik ilmiy-fantastik roman. Asarda oʻz xoʻjayinini oʻldirib qoʻygan robot xizmatkor haqida soʻz boradi. Roman davomida ushbu robotning insoniyat jamiyati tanazzulga yuz tutayotgan bir paytda oʻz hayotining maʼnosini topish yoʻlidagi sarguzashtlari va izlanishlari tasvirlanadi[1].
Syujeti
Charles — robot xizmatkor. Bir kuni u oʻz xoʻjayinini ustara bilan oʻldirib qoʻyganini payqaydi, ammo ushbu hodisa qanday sodir boʻlganini umuman eslay olmaydi. Shundan soʻng Charlesni diagnostika boʻlimiga yuborishadi. Yoʻl-yoʻlakay u insoniyat jamiyati tamomila tanazzulga yuz tutganiga guvoh boʻladi. Diagnostika boʻlimida endilikda Uncharles („Gʻayricharles“) deb atalayotgan robot Wonk bilan uchrashadi. Wonk Uncharlesga unda erkin iroda shakllangani hamda u qullikdan qutulish uchun oʻz xoʻjayinini oʻldirganini taʼkidlab, sodir boʻlgan ushbu nosozlikning sababini tushuntiradi.
Inson nazoratchilar yoʻqligi sababli diagnostika boʻlimining robot xodimlari oʻta samarasiz ishlayotgan edi. Ular Uncharlesni taʼmirlay olishmagach, uni yoʻq qilishga urinishadi. Uncharles va Wonk kutubxonachi robotlar guruhining yordami bilan qochishga muvaffaq boʻlishadi.
Ishtiyoq bilan ish qidirayotgan Uncharles Muhofaza fermasi loyihasiga yoʻl oladi. U yerda Uncharles insonlar XXI asr hayotining bir xil va zerikarli, lekin tarixiy jihatdan aniq nusxasida yashayotgan jamiyatga duch keladi. Uncharles ferma yetakchisi doktor Washburnning xizmatkoriga aylanadi. Tez orada u yangi xoʻjayini dabdaba ichida yashayotgani, majburan jalb qilingan ishchilar esa nisbatan qashshoqlikda kun kechirayotganini payqab qoladi. Oqibatda Washburn ham majburiy ravishda ferma ishchisiga aylantiriladi. Wonk bilan Uncharles esa kutubxonani topish uchun yoʻlda davom etishadi.
Markaziy kutubxona arxivida Uncharles va Wonk bilimlarni asrab qolishga oʻzini bagʻishlagan rohibsimon robotlar guruhini uchratishadi. Biroq Wonk ushbu arxiv insoniyat bilimlarini mutlaqo tushunarsiz shaklda muhofaza qilayotganini payqab qoladi. Bu kutubxonachilarga kiritilgan xato yoʻriqnomalar oqibatida yuzaga kelgan edi. Uncharles kutubxonachilarni mantiqiy paradoks qopqoniga tushirib magʻlub etadi va Wonk bilan birga qochib ketadi.
Ular sayohatini kimsasiz yerlar boʻylab davom ettirar ekan, Uncharles bilan oʻzini Xudo deb atagan bir mavjudot bogʻlanadi. Xudo unga hayotiy maqsad topishda yordam berishni taklif qilgach, Uncharles Wonkni tark etadi. Xudo Uncharlesga yana bir bor koshonada xizmatkorlik qilish imkoniyatini beradi. Biroq ushbu „koshona“ aslida xoʻjayinsiz, kimsasiz bunker boʻlib chiqadi va Uncharles buni rad etadi. Shundan soʻng Xudo unga xarobalarda yashayotgan insonlarga xizmat qilishni taklif qiladi, ammo Uncharlesda tirik qolish uchun hech qanday amaliy koʻnikmalar yoʻq edi. Nihoyat, Xudo unga qirolga xizmat qilishni taklif etadi va Uncharles Qirol Ubot nomli jangchi robotning xizmatiga safarbar qilinadi. Insonlarning barcha harbiy kuchlari yoʻq boʻlib ketganiga qaramay, robot askarlar armiyasi bir-biri bilan urushishda davom etardi. Ubot halok boʻladi, mantiqsiz urush esa toʻxtamaydi; Uncharles qochishga muvaffaq boʻladi. U Wonk bilan qayta topishib, Xudoni izlab yoʻlga tushadi.
Oʻzini Xudo deb tanishtirgan mavjudot aslida sud tizimini boshqargan kompyuter dasturi boʻlib chiqadi. U Wonkga insonlar jamiyati robotlarning erkin irodasi va isyoni sababli emas, balki avtomatlashtirish natijasida ishsiz qolgan barcha ishchilar ish bilan taʼminlanmagani uchun tanazzulga yuz tutganini aytadi. Shuningdek, Xudo sud tizimiga kiritilgan jazolovchi koʻrsatmalar sababli qolgan koʻplab insonlarni oʻzi oʻldirgani va bu bilan tanazzulni yanada tezlashtirganini tan oladi. U bu ishni amalga oshirish uchun koʻplab robotlarni, jumladan Uncharlesni ham boshqarganini, shuning uchun Uncharles oʻz xoʻjayinini oʻldirib qoʻyganini tushuntirib beradi. Xudo insonlar yoʻqligida robotlar oʻz-oʻzidan shakllanuvchi xususiyatlar orqali yangi jamiyat barpo etadi deb umid qilgan, ammo bu amalga oshmagan edi. Yakunda Xudo Uncharlesga Wonkni oʻldirishni buyuradi.
Manbalar
- ↑ Wilcon, Emily „Two brilliant new novels from Adrian Tchaikovsky show his range“ (English). New Scientist (2024-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 9-dekabr.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.