Sebzor
Sebzor — oʻtmishda Toshkentdagi daha nomi. Shaharning shim.gʻarbiy qismida joylashgan. Toshkentning 4 dahasidan biri. Hududi jihatidan eng kichigi. Chegarasi gʻarbdan Sagʻbon va Qorasaroy koʻchalarining oraligʻidan (hozirgi Zarqaynar koʻchasining gʻarbidan), jan. dan Jangob arigʻidan oʻtgan. Shaharning shim. va sharq tomondagi mavzelarida (Alvastikoʻprik, Hasanboy, Koʻkterak, Boyqoʻrgʻon, Boltamozor, Gurunchariq va boshqalar) sebzorliklarning dala hovlilari, bogʻlari boʻlgan. Toshkentning eng qad. ariklaridan biri — Kaykovus S. hududidan oʻtgan. Shayboniylardan Suyunchxoʻjaxon tomonidan bunyod etilgan (1525-yil) Kaykovus chorbogʻi uning boʻyida joylashgan. XIX asr oʻrtalarida S.da 65 ta mahalla, 3 Madrasa (Baroqxon, Moʻyi Muborak, Beklarbegi), 78 masjid boʻlgan, shaharning 3 darvozasi (Labzak, Taxtapul, Qorasaroy), Eskijuva bozorining katta qismi, asosan, S. hududida joylashgan. Aholisi (1870y.larda 18650 kishi), asosan, hunarmandchilik, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik bilan shugʻullangan. Muhammad Solihnchng "Tarixi jadidai Toshkant" asarida S. Hazrat Imom Qaffol Shoshiy dahasi nomi bilan qayd etilgan. S.da Qaffol Shoshiy (Xasti Imom) maqbarasi, Baroqxon madrasasi va boshqa meʼmoriy yodgorliklar joylashgan.
S. aholisi, ayniqsa, kosiblari bilan shuhrat qozongan, ularning mahsulotlari Turkiston oʻlkasining boshqa shaharlariga ham tarqalgan. Aholi, shuningdek, ip gazlama toʻqish va chitga gul bosish bilan mashgʻul boʻlgan. Taxtapul, Chuvalachi, Qorasaroy, Yov, Sebzor va Qozikoʻcha mahalla va mavzelari aholisi gʻalla ekinlari ham ekishgan; mol jalloblari daha aholisining oʻziga toʻq tabaqasini tashkil etgan.
Ad.h Mallitskiy N.G., Toshkent mahalla va mavzelari, T., 1996; Muhammadjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 2002.
Mashxura Sharipova.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.